28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:21
Jamiyat 👁 147

“MAHALLALARDA MILLIY QADRIYaTLARNI MUSTAHKAMLASh HAFTALIGI”DA MEHR-OQIBAT, BAGʻRIKENGLIK VA MURUVVAT TUYGʻULARI YaNADA YuKSALDI

“MAHALLALARDA MILLIY QADRIYaTLARNI MUSTAHKAMLASh HAFTALIGI”DA MEHR-OQIBAT, BAGʻRIKENGLIK VA MURUVVAT TUYGʻULARI YaNADA YuKSALDI

Navroʻz – nafaqat bahorgi tengkunlik, balki asrlar davomida shakllangan bobomeros qadriyatlar, urf-odat va anʼanalar ayyomidir. Navroʻz kunlarida oʻzaro mehr-oqibat, bagʻrikenglik, muruvvat va saxovat tuygʻulari yanada yorqinroq namoyon boʻladi. 22-28-mart kunlari “Mahalla – jamiyatimizning yorugʻ yuzi va vijdoni koʻzgusi” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Mahallalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash haftaligi” doirasida amalga oshirilgan mehr va saxovat tadbirlarida bu yanada yaqqol namoyon boʻldi. Unda xalq tomonidan saylangan deputatlar, tadbirkorlar va ziyolilar vakillari ishtirok etishib, joylarga chiqqan holda xalq bilan samimiy muloqotda boʻldilar. Navroʻz bayrami bilan muborakbod etishib, kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar ahvolidan xabar oldilar.

Mazkur haftalikda faol ishtirok etgan 30-Mangʻit saylov okrugidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Quvonch Boymurotov Mahalla xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi P.Yakubbayev hamrohligida saylov okrugi hududidagi Chordara, Boyovul, Navoiy nomli, Olmazor, Doʻstlik, Beruniy nomli mahallalar fuqarolar yigʻinlarida boʻlib, mazkur mahallalardagi “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” roʻyxatlarida turuvchi fuqarolar bilan uchrashdi. Mazkur mahallalardagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolgʻiz va nogironligi bor shaxslarning xonadonlariga kirib borib, ularning hayoti va turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishib, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrgandi. Shu bilan birga aholini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va davlatning istiqboldagi rejalari bilan ham tanishtirdi. Ayniqsa, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, oila aʼzolari bilan tadbirkorlikning oʻziga maqbul bir yoʻnalishini tanlab, shu yoʻnalish boʻyicha ish boshlashni rejalashtirayotgan insonlarga zarur maslahat va yoʻl-yoʻriqlar berdi.

Oʻz navbatida mazkur  okrug hududida yashovchi aholi vakillari deputat Q.Boymurtovga oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Deputat saylovchilar vakillariga ularning hayotiga oid muammolar yuzasidan yuqori tashkilotlarga deputat soʻrovi bilan chiqib, ularni bartaraf etishga vaʼda berdi.

Tadbir davomida deputat Q.Boymurotov hududdagi kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga kirib borib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va bayram sovgʻalarini topshirdi.

“Mahalla – jamiyatimizning yorugʻ yuzi va vijdoni koʻzgusi” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Mahallalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash haftaligi” doirasida oʻtkazilgan mazkur uchrashuv tadbiri Navroʻz bayramiga xos ezgu va boqiy qadriyatlarning amaliy tantanasi sifatida deputat kirib borgan har bir mahalla va oilada mehr-oqibat va saxovat, bagʻrikenglik va muruvvat tuygʻularidan qalblar shodlikka toʻldi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026