NAVROʻZ MILLIY BAYRAM
Navroʻz qadimiy milliy bayram. Navroʻz kirib kelishi bilan onaxonlarimiz sumalak, halim, koʻk somsa kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar inson organizmini foydali darmondorilar bilan boyitadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng oʻzbek xalqining milliy urf-odatlari va anʼanalari barcha xalqlarining doʻstlik va birdamlik razmiga aylandi.

Bizning 5-sonli MTT maktabgacha tayyorlov – “A” guruhida ham Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi. Bolalar bahor fasli, Navroʻz bayrami haqida sheʼrlar aytishdi. Qizlarimiz shoʻx raqslar ijro qilishdi. Shuningdek, bolajonlarimiz turli milliy oʻyinlarni oʻynashdi. Oʻgʻil bolalar “kim oladi?”, arqon tortish oʻyinlarini namoyish qilib, oʻzlarining jasur va topqirligini isbotladilar. Qizaloqlarimiz esa “besh tosh”, “qoʻgʻirchoq” oʻyinlari orqali epchillik, chaqqonlik xislatlarini namoyon qildilar. Bayram tadbiri bolajonlarimizga yaxshi kayfiyat va tabassum ulashdi.

Xolida Xayitboyeva, 5-sonli MTT tarbiyachisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶