YoSh MATEMATIKLAR YuTUGʻI
Mamlakatimizda iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz Qarori bilan Iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash Departamenti faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 2021-yilda Al-Xorazmiy olimpiadasi tashkil etilib, oʻquvchi-yoshlarning matematika faniga boʻlgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bilim asoslarini puxta egallash yoʻlidagi intilishlarini ragʻbatlantirish maqsadida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalarini baholashda oʻziga xos shaffaf tizim yaratildi.
Mazkur olimpiadaning maktab va tuman bosqichlarida eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olindi. Tumanimizda ham Al-Xorazmiy olimpiadasining maktab va tuman bosqichi uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Xususan, 9-sonli umumtaʼlim maktabining uch nafar oʻquvchisi, yaʼni maktabning 8-sinf oʻquvchilari Rayhona Rajabova, Gulsevar Shermatova hamda 7-sinf oʻquvchisi Asadbek Safarboyevlar matematika fani oʻqituvchisi Mansur Bozorboyev rahbariligida olimpiadaning maktab va tuman bosqichlarida farxli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Joriy yilning 27-fevral sanasida, Nukus shahrida boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida esa maktabning uchala bilimdon oʻquvchilari yana muvaffaqiyatli ishtirok qildilar. 8-sinf oʻquvchisi Gulsevar Shermatova faxrli 1-oʻrinni egalladi va mazkur olimpiadaning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi. Rayhona Rajabova va Asadbek Safarboyevlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faol ishtirok etganliklari uchun Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Al-Xorazmiy olimpiadasining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichi joriy yilning 23-24-mart sanalarida oʻtkazildi. Unda faol ishtirok etgan Gulsevar Shermatova oʻzbekistonlik bilimdon, yosh matematiklar safidan joy oldi va olimpiada tashkilotchilarining yuksak eʼtiboriga sazovor boʻldi hamda sertifikat bilan taqdirlandi.
Suratda: (sapdan) 9-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchilari Rayhon Rajabova,
Gulsevar Shermatova va 7-sinf oʻquvchisi Asadbek Safarboyevlar.
Mahmudjon ShOMURODOV olgan suratlar

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶