QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTsIYaSI KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI
Shu yil 8-aprel kuni tumanimizdagi 56-sonli maktabda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman prokurori Javlonbek Mutfullayev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov, Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Jamshid Bekimbetov, Fuqarolik sudi raisi Qayrulla Atamuradov, "Madad" huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Nilufar Jumaniyozova, Xalq talimi boʻlimi huquqshunosi Baxrom Sobirovlar ishtirok etdilar.
Sud-huquq sohasi masʼullari tadbirda oʻquvchilarga Konstitutsiyaning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egaligi, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining Konstitutsiyalari boʻyicha batafsil maʼlumotlar berdi. Dastlab, tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Jamshid Bekimbetov soʻzga chiqib, oʻquvchilarga Konstitutsiyaning qabul qilinish tarixi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oliy Kengashi tomonidan 1993-yil 9-aprelda qabul qilinganini, ushbu Konstitutsiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti gʻoyalariga sodiqligini tantanali ravishda eʼlon qilinganini aytib oʻtdi. Undan tashqari, Konstitutsiyani qabul qilishdan hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatni anglagan holda, Qoraqalpogʻiston davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilgani, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taʼminlash, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish kabi maqsadlar koʻzlanganiga keng toʻxtaldi.
Tuman prokurori Javlonbek Mutfullayev ham tadbirda soʻzga chiqib, yoshlarga huquqbuzarliklar profilaktikasidan koʻzlangan maqsadlarni tushuntirib berdi. Oʻquvchilarni ijtimoy tarmoqlarga behuda kirmaslikka chaqirdi.
«Yoshlar daftari»da roʻyxatda turgan yoshlar muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtdi. Xususan yoshlar daftariga kimlar kiritilishi va unga kiritilganlarning muammolari qay tarzda yechilishi haqida keng tushuncha berdi.
Shundan soʻng, Fuqarolik sudi raisi Qayrulla Atamuradov oʻquvchilarga sud-huquq sohasidagi islohotlar, koʻrilayotgan sud ishlari boʻyicha tushunchalar berib, ochiq sudlar jarayonini kuzatish mumkinligini, xohlovchilar borib, sudda qatnashish huquqiga ega ekanliklarini maʼlum qildi.
Tadbir soʻnggida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi hamda fikrlari, takliflari oʻrganildi. Yoshlarning kelajakda oʻz maqsadlariga erishishi uchun maslahat va motivatsiyalar berildi.
Komronbek Kamolov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶