28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:14
Siyosat 👁 316

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTsIYaSINING 28 YILLIGI KENG NIShONLANDI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTsIYaSINING 28 YILLIGI KENG NIShONLANDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1993-yil 9-aprel kuni qabul qilingan. Jamiyat poydevori, taraqqiyot asosi boʻlgan Qomusimizning 28 yilligi munosabat bilan 9-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha hududlarida, jumladan Amudaryo tumanida ham katta tadbir oʻtkazildi.

Tumandagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, Jinoyat va Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudlari, Adliya boʻlimi, maʼmuriy organlar, korxona-tashkilotlar masʼullari ishtirok etdilar. Tadbirni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochib berdi va hammani ushbu bayram bilan qutladi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992-yil 8-dekabrda mustaqil davlatimizning yangi Konstitutsiyasini qabul qilgan edi. Oʻzbekistondagi ana shunday katta ijtimoiy, siyosiy va buyuk tarixiy voqeadan soʻng, Qoraqalpogʻistonda ham Konstitutsiya loyihasi ustida ishlashga kirishildi. 1993-yilning fevral oyida boʻlib oʻtgan konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi majlisida Asosiy qonunning loyihasi koʻrib chiqildi va uning qarori bilan loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi muhokamasiga havola qilindi.

Konstitutsiya loyihasi 1993-yil 7-martda respublika gazetalarida chop etildi. Undan oldin, 1993-yil 1-martda Qoraqalogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining majlisida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi XII chaqiriq 12-sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilgan edi. Uning kun tartibida koʻriladigan masalalardan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi toʻgʻrisidagi masala edi. Konstitutsiya loyihasi muhokamasida Qoraqalpogʻistonning koʻpchilik fuqarolari hamda turli jamoat birlashmalari, davlat tashkilotlari faol qatnashdilar.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning huquqiy asosi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishning kafolati boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi shu tariqa 1993-yilning 9-aprelida qabul qilindi. Mazkur Konstitutsiyaga bugunga qadar bir necha marta oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilib, takomillashtirildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 2019-yil 29-iyundagi XXVI sessiyasida qabul qilingan qonunga koʻra, Konstitutsiyaga yangidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Mazkur oʻzgartirish asosan davlatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari bilan bogʻliq boʻlib, 105-moddasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi haqidagi qoidalar bilan toʻliqtirildi. Shundan soʻng, Konstitutsiyamiz 121 moddadan iborat boʻldi.

Shuningdek, 2021-yil 12-fevral kuni oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining oʻn beshinchi sessiyasida “Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, mazkur qonun asosida Konstitutsiyaga bir qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasidagi, 15-moddaning ikkinchi boʻlimidagi hamda 36-moddasi matnidagi «odamlar» degan soʻz «shaxslar» degan soʻz bilan almashtirildi. 70-moddaning 11-bandi, shuningdek, 103 va 104-moddalar olib tashlandi.

Tuman hokimi oʻz nutqida asosiy qonunimiz – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining barcha moddalarida dunyoda umumeʼtirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquq normalari va boshqa bir qator xalqaro hujjatlardagi umuminsoniy tamoyillar mazmuni mujassam etilganiga keng toʻxtaldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida Konstitutsiya qabul qilingan 9-aprel sanasi umumxalq bayrami sifatida belgilangani, bu bayramni xalqimiz davlatimizdagi adolatni, qonun ustuvorligini his qilgan holda erkin demokratik fuqarolik jamiyat, huquqiy davlat qurish yoʻlidagi ishonchli qadam tashlagan kun sifatida har yili tantanali ravishda nishonlanib kelinayotgani taʼkidlab oʻtildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligiga bagʻishlangan tadbir tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur bilan davom ettirildi. Boʻlim havaskorlari tomonidan ijro etilgan Vatan madhi haqidagi sheʼr va qoʻshiqlar, dilrabo raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026