Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokurori amudaryolik yoş tadbirkorlar bilan uçraşdi
Sönggi yillarda davlat idoralari bilan xalq örtasidagi byurokratik tösiqlarga barham berilib, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tortib mamlakat miqyosidagi boşqaruv va huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlarning xalq bilan oşkora va samimiy muloqotlari taşkil etilayotgani yillar davomida yiğilib qolgan köpdan-köp muammolarning ijobiy yeçim topişiga imkon yaratmoqda. Bu borada prokuratura organlari tomonidan ötkazilayotgan sayyor uçraşuv va sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etayotir. Çunki prokuratura organlari tomonidan bu kabi tadbirlar ötkaziş orqali aholining turli qatlamlari, ayniqsa, tadbirkorlar va yoşlar bilan bevosita va oçiq muloqotni taʼminlaş, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlaş hamda bartaraf etiş yuzasidan aniq va manzilli çoralar körilmoqda.
Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori Farhod Allamberganov tomonidan Respublikamiz tumanlarida yoşlar va tadbirkorlar bilan muntazam ravişda sayyor uçraşuvlar ötkazilmoqda. Prokuror bilan bölib ötayotgan uçraşuvlarda samimiy va oşkora, dildan suhbat muhiti yaratilib, har bir murojaatçining şikoyat va arizasi batafsil örganilib, zarur çora-tadbirlar bilgilanmoqda hamda ularga huquqiy tuşuntirişlar va maslahatlar berilayotganidan aholi mamnun bölmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokurori Farhod Allamberganov iştirokidagi sayyor uçraşuv joriy yilning 20-aprel sanasida Beruniy hamda Amudaryo tumanlarida ham ötkazildi.
Tuman hokimligi binosida bölib ötgan mazkur sayyor uçraşuvida bir guruh amudaryolik yoşlar, tadbirkorlar, şuningdek tumandagi idora va taşkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Sayyor uçraşuv jarayonida kelib tuşgan oğzaki va yozma murojaatlar şu yerning özida batafsil örganib çiqildi va 15 ta murojaat ijobiy hal etildi. Şuningdek, 16 ta murojaat yuzasidan zarur tuşuntiriş va tavsiyalar berildi. Bundan taşqari, 21 ta murojaat böyiça tegişli taşkilotlarga qonuniy hal etiş zarur topşiriq va körsatmalar berilib, mazkur murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Bunday sayyor uçraşuvlarni ötkazişdan közlangan asosiy maqsad - yoşlar hayotiga oid muammolarni aniqlaş va bu muammolarni atrofliça, joyiga çiqib örganiş orqali ijobiy yeçimini taʼminlaş, öz vaqtida ularga kömak beriş, ayniqsa, yoşlarni tadbirkorlikka yönaltiriş, qiziqişlarini rağbatlantiriş hamda tadbirkorlik sohasiga keng jalb qiliş barobarida mamlakatimizda yoşlar tadbirkorligini yanada rivojlantirişga kömaklaşişdan iborat.
Bölib ötgan sayyor uçraşuvda Qoraqalpoğiston respublikasi prokurori Farhod Allamberganov va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi mudiri Rinat Aytmuradovlar yoş tadbirkorlar tomonidan tuşgan qonunçilikka oid savollarga ham javob berdi.
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶