OʻQUVChILARIMIZ “UMID NIHOLLARI – 2021” SPORT MUSOBAQASINING TUMAN BOSQIChIDA GʻOLIB BOʻLIShDI
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sportga juda katta eʼtibor qaratib, 2017-yil iyul oyida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun Qaror qabul qilgan edi. Bu boradagi islohotlar samarasi natijasida yoshlarimiz sportning turli jabhalarida Oʻzbekiston bayrogʻini baland koʻtarib, yurtimiz iqbolini, dovrugʻini tanitmoqda.
Yosh avlodning sportga boʻlgan qiziqishi avvalo maktab davridanoq boshlanadi. Jismoniy tayyorgarliklar mashgʻulotlar, fan toʻgaraklari ishlariga ularning qiziqishlarini oshirish jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga bogʻliq. Fan oʻqituvchilari oʻquvchilarning salomatligini muntazam oshirib borishi, jismoniy mashqlar qildirishi, sport bilan shugʻullangan insonlar sogʻlom va baquvvat boʻlishini tushuntirib borishlari kerak.
Bizning 73-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabimizda sport toʻgaraklarida muntazam ish olib borilayotganligi sababli oʻquvchilarimiz “Umid nihollari – 2021” sport musobaqasining tuman bosqichida oʻquvchilarimiz faxrli oʻrinlarni egallab, maktabimiz sport sharafini munosib himoya qildi.
Kundalik mashqlar oʻquvchining salomatligini mustahkamlaydi, irodasini toblaydi, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatini rivojlantiradi. Ayni paytda mamlakatimizda nafaqat bolalar va oʻsmirlarning, balki butun xalqning ommaviy sport harakatiga jalb qilinayotgani, eʼtibor va qiziqish ortayotgani quvonarli hol deb bilaman.
Amanboy BOBOJONOV, 73-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶