BOŞ VAZIR ÖRINBOSARI AMUDARYoDA YaNGIDAN QURILAYoTGAN KÖPRIKNING QURILIŞ IŞLARI BILAN TANIŞDI
Prezidentimiz 2019-yil 20-21-avgust kunlaridagi Qoraqalpoğiston Respublikasiga qilgan taşrifi davomida 2020-2022-yillar mobaynida tumanimizdagi Amudaryo daryosi ustidan ötadigan temir yöl va avtomobil yöli qöşma köprigi qurilişini loyihalaştiriş va loyihani amalga oşiriş böyiça topşiriqlar bergan edi. Şunga köra va Davlatimiz rahbarining 2020-yil 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatiga qilgan taşrifi çoğidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatini boğlovçi Amudaryo daryosi ustiga avtomobil va temir yöl qöşma köprigini quriş işlarini boşlaş böyiça bergan tegişli topşiriqlariga muvofiq qisqa muddat içida quriliş işlari boşlab yuborildi.
Amudaryoliklarning köp yillik orzusi bölgan eskirib qolgan ponton köprik örniga zamonaviy temirbeton konstruktsiyali köprikning qurilişi ayni kunlarda jadal surʼatlarda davom etmoqda. Yangi köprikning qurilişi orqali Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uçun savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va maişiy aloqalarning yanada rivojlantirilişi kutilmoqda.
21-aprel kuni Xorazmni Qoraqalpoğiston bilan boğlaydigan uşbu avtomobil va temir yöl köprigida olib borilayotgan quriliş işlari bilan tanişiş maqsadida tumanimizga Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov taşrif buyurdi.
Boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi Qahramon Sariyev hamda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşevlar hamrohligida yangidan barpo etilayotgan köprikning quriliş maydonida bölib, “Özbekiston temir yöllari” aktsiyadorlik jamiyatining “Köprik quriliş tresti” unitar korxonasi işçilari tomonidan amalga oşirilayotgan katta hajmdagi quriliş işlari bilan tanişdi.
Yangi köprik qurilişi loyihasiga buyurtmaçi etib - “Özbekiston temir yöllari” aktsiyadorlik jamiyati, boş loyihaçi etib - “Boştransloyiha” aktsiyadorlik jamiyati, boş pudratçi etib - “Özbekiston temir yöllari” aktsiyadorlik jamiyatining tarkibiy bölinmalari belgilangan. Uşbu qöşma köprikning uzunligi 412,7 metr, balandligi 11,5 metr, kengligi 8,5 metrni taşkil qiladi va şu bilan bir qatorda 79 km. uzunlikda “Şovot-Gurlan-Jumurtov-Qoraözak” temir yöl liniyasini quriş böyiça ham işlar boşlab yuborilgan. Yangi temir yöl liniyasi qurilişi natijasida Rossiya va Qozoğiston Respublikasidan yuklarni taşiş masofasini 240 km.ga vaqtini esa 6 soatga qisqartirişga erişiladi.
Yuk taşiş hajmi ikki baravar köpayib, yiliga 25 million tonnani taşkil etadi. Mintaqalarning rivoji natijasida iqtisodiy samaradorlik yiliga 100 milliard sömga oşadi. Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasidan Xorazm viloyatiga quriliş materiallarini yetkazib beriş xarajatlari kamayadi, bu esa ijtimoiy obʼektlar va infratuzilmalarni quriş xarajatlarini kamaytiradi. Muxtasar qilib aytilganda, mazkur köprikning işga tuşirilişi natijasida hududlar farovonlaşib, aholining turmuş darajasi yanada yaxşilanadi.
2021-yilga uşbu loyihani amalga oşiriş uçun respublika byudjetidan 40 mln. AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratilişi közda tutilmoqda.
Yangi köprik qurilişi maydonida amalga oşirilayotgan işlar holati bilan tanişgan masʼullar tomonidan pudratçi taşkilotlar rahbarlari va işçilarga samaradorlikni oşiriş böyiça tegişli tavsiyalar, muhim maslahatlar berildi. Şuningdek, iş jarayonida duç kelinayotgan, mavjud muammolar bilan ham tanişilib, ularni bartaraf etiş böyiça tegişli rahbarlarga vazifalar topşirildi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶