28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:30
Adabiyot 👁 231

“Qalb shoiri”

“Qalb shoiri”

El dilida mangu qolgan otashnafas shoir Muhammad Yusuf Andijon viloyatining Marhamat tumani soʻlim goʻshalaridan birida tugʻilib voyaga yetdi. Bolaligi qishloqning yam-yashil bedapoyalari, cheksiz dalalari, oʻt-oʻlanlar bilan qoplanib, betakror goʻzallik kashf etgan qirlari ogʻushida oʻtgan.

 

U oʻz Vatanining har bir qarich yerini jonidan sevgan, har bir yurtdoshiga eʼtiborsiz qaramagan, har birining mehnatidan hikmat axtargan bulbulizabon shoir edi.

Yer aylanur, Yer aylanur,

Yer aylanib tinmaydi.

Yaktagining yenglaridan

Ter yugurib tinmaydi.

Qoʻling tegmay bu dunyoda

Bitta giyoh unmaydi,

Tin bilmagan jonim mening

Bobodehqonim mening...

Oddiygina, barcha yoshdagi oʻquvchilarga tushunarli tilda yuragidagi bobodehqonga boʻlgan samimiy va iztirobli tuygʻularini shunday ifodalagan shoir.

Muhammad Yusufning aksariyat sheʼrlarida yurt manzarasi, mehnatkash oʻzbekning qiyofasi, oʻzbekona urf-odatlar toʻla namoyon boʻladi. Shuning uchun uning sheʼrlarini katta-yu kichik birdek sevib oʻqiyveradi.

U haqiqiy xalqparvar, xalq sevgan shoir edi. Shuning uchun ham uning asarlari barchaning eng sevimli kitoblari safidan joy olgan.

Shu yilning 26-aprelida hassos, otashnafas shoir tavalludiga 67-yil toʻldi. Shu munosabat bilan 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Qalb shoiri” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda 8 “V” va 6 “B” sinf oʻquvchilari faol ishtirok etib, sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf sheʼrlaridan aytib berishdi. Shuningdek shoir haqida zamondoshlari aytgan eʼtiroflar va sheʼrlar, hayoti va ijodiga doir maʼlumotlar taqdim etildi. Tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari shoir sheʼrlariga bastalangan qoʻshiqlarni maromiga yetkazib ijro yetishdi.

Tadbirni tashkil etish va oʻtkazishda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Hulkaroy Xoʻjaniyozova, maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Zamira Xudoyberganova va ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi Umidalar hamkorlikda tashkil etishdi.

Tadbir mazmunli va qiziqarliligi, maroqli kuy-qoʻshiq va raqslarga boyligi bilan oʻquvchilarga manzur boʻldi.

Yillar oʻtaverar, biroq ijodi xalqimiz dilidan chuqur joy olgan xalqparvar shoirni muxlislari, xalqi hech qachon unutmaydi. Muhammad Yusuf asarlari har bir xonadonning kitob javonidagi eng sevimli kitob boʻlib qolaveradi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026