17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 03:46
Jamiyat 👁 280

TURSUNBOY SALOMChI

TURSUNBOY SALOMChI

Hayotda shunday insonlar borki, ular bilan bir zum uchrashib, suhbat qurishning oʻzida hayot goʻzalligini, yashash zavqini, ertangi kunga boʻlgan ulkan ishonchni his qilasiz. Boʻlib oʻtgan suhbatdan koʻnglingiz koʻtarilib, barchaga nisbatan iliqlik tuyasiz.

Bugungi maqolamiz ana shunday inson haqida. Maqolamiz qahramoni – ustoz-murabbiy, mohir notiq, shoir-hikoyanavis Tursunboy aka Abdullayev. Bir odamda shuncha yaxshi xislatlarning jam boʻlgani sizni ajablantirayotgan boʻlsa, maqolamizni diqqat bilan oʻqing, tan bersangiz, biz ham xursand boʻlamiz.

Tursunboy Abdullayev 1951-yilning 20-oktyabrida tumanimizning Xitoy qishlogʻida tugʻildi. Otasi Abdulla aka, onasi Oyim opa oʻgʻillarini oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazdi. U oʻzining ilk mehnat faoliyatini 1966-yilda Pushkin nomli, hozirgi 2-sonli maktabning 10-sinfini tugatib, sobiq Oxunboboyev nomli kolxozda hisobchi boʻlib ishlashdan boshladi.

Ilmga chanqoq yigit keyinchalik  Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti sirtqi boʻlimiga oʻqishga kirdi. Oʻqituvchilik faoliyatini 1970-yilda tumanimizdagi 19-sonli maktabda ishlashdan boshladi. Shu bilan birga 1976-79-yillarda yoshlar tashkilotining kotibi vazifasida ham faoliyat olib bordi.

Oʻqituvchilik faoliyatini 1979-yilda 2-sonli maktabda davom ettirdi. 2003-2007-yillarda shu maktabda direktorlik lavozimida ishlab, nafaqaga chiqdi.

Tajribali ustoz hozirgi kunda ham shogirdlar davrasida tez-tez boʻlib, ulardan qimmatli oʻgitlarini ayamaydi. Shogirdlari ham uning izzat-hurmatini joyiga qoʻyishadi.

Tursunboy aka mahallaning eng faol aʼzolaridan biri. U  Xitoy ovul fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtadigan madaniy-maʼrifiy ishlarga bosh-qosh. Bunday ishlarda oʻzi tashabbuskor, oʻzi ijrochi, oʻzi tashkilotchi boʻlib, yoshlarga ibrat koʻrsatib kelmoqda. Zero, Xitoy qishlogʻining bugungidek gullab-yashnashida Tursunboy akadek fidoyi insonlarning hissalari salmoqli boʻlmoqda.

Shu bilan bir qatorda Tursunboy aka oilada mehribon, farzandlarga oʻrnak boʻlguvchi ota hamdir. Ular Enajon opa bilan baxtli turmush kechirib 2 oʻgʻil, 5 qizning koʻngli toʻq ota-onalari boʻlishdi. Hammalari uyli-joyli boʻlishib, hayotda oʻz oʻrinlarini topib ketishgan. 20 nafar nevara, 2 nafar chevara voyaga yetmoqda.

Ustoz-murabbiy nimagaki qoʻl ursa, barchasi koʻngildagidek bitadi. Oila tomorqasi saranjom-sarishta. Uy oldidagi turli xil mevali daraxtlar gullab, meva tugib yotibdi. Farzandlar bir-biriga mehribon. Otalarining hurmatini joyiga qoʻyib oppoq rangli “Neksiya” avtomobilini sovgʻa qilishgan.

Tursunboy aka maktabda oʻqituvchilik qila boshlaganidan buyon badiiy ijoddan qoʻl uzmaydi. Uning sheʼrlari respublika va tuman gazetalari sahifalarida uzluksiz tarzda yoritilib kelinmoqda. Har bir bayram, muhim sanalar munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etib, bu koʻrinishlar Amudaryo televideniyesida muntazam yoritib kelinmoqda.

Badiiy adabiyot va ona tili oʻqitish uslubi haqidagi risolalari barchaga tanish. Tursunboy aka bir necha oʻnlab hikoya va hajviyalarning ham muallifidir.

Yana bir muhim gap – maqolamizga bejizga “Tursunboy salomchi” deb mavzu tanlamadik. Toʻy boshlovchilik qobiliyati ustozning eng alohida, asosiy koʻzga tashlanadigan xislatlaridan biridir. U 1975-yildan nikoh toʻylarida qatnashib, toʻy kechalarida boshlovchilik qila boshlagan edi. Eh-he, oradan qancha yillar oʻtdi. Tursunboy salomchi boshqargan toʻylardagi kelin-kuyovlarning katta farzandlari hozirgi kunda 45 yoshdan oshib ketdi.

Toʻylarda udumimizga koʻra, kelin kelgan uyda kelin salom aytish, aytganda ham salom oluvchilarning kasbiga, xarakteriga, tashqi koʻrinishlariga, toʻy berayotgan uy egalariga qay jihatdan qarindoshligiga qarab, hech kimning koʻnglini ogʻritmaydigan, ranjitmaydigan qilib oʻrniga qoʻyishning oʻzi boʻlmaydi.

Kelin salom toʻy bazmiga ulanib ketgach, 4-5 soatgacha davom etadigan nikoh toʻyida boshlovchi boʻlib, mehmonlarni zeriktirmay, tinimsiz notiqlik qilib, yigʻilganlarning koʻnglini olish oson ish emas.

Bunday xususiyatga ega boʻlish, deyarli 45-yildan buyon el eʼtiboridan tushmay, hurmatga sazovor boʻlib yurish barchaga nasib etavermaydi. Biroq Tursunboy aka shunday martabaga erishdi.

Oʻqidi, oʻrgandi, barcha bilan izzat-hurmatda boʻldi.

Madaniyatning eng kuchli omillaridan biri – notiqlik, deydilar. Tursunboy aka notiqlikni madaniyat darajasiga koʻtargan inson. Yana bir joyda: “chiroyli gapirish qadr topmagan jamiyatda ritorika – soʻz riyokorligi – mahmadonalik hokim boʻlib qoladi”, deyilgan. Ustoz bor davrada soʻz qadri hamisha yuksak boʻldi.

2013-yilda shoir Ahmad Nafasovning “Salomchi – mening unvonim” nomli kitobi chop etildi. Bu kitob Tursunboy salomchi haqida. Boshqalarni bilmadim-u, boshqa kasb egalari haqida koʻplab kitoblarni oʻqiganman, ammo oddiy salomchi haqida butun boshli kitob yozish... Demak, ustoz shunga loyiq.

Tursunboy akaning oilaviy albomini, bisotidagi suratlarini tomosha qilib, hayratga tushasiz. Bu suratlarda qanchadan-qancha buyuk zotlar muhrlangan. Tursunboy aka oʻzining yaxshi xislatlari bilan ularga yaqin boʻlaolgan, doʻst tutingan. Davralarni birga oʻtkazishgan. Bular mashhur hofizlar, baxshilar, shoir-yozuvchilar, soʻz ustalari, taniqli sanʼatkorlar, el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan insonlar.

Tursunboy aka ularning har biri bilan qanchalik doʻst, hamfikr boʻlaolgani diqqatga sazovor. Tursunboy aka haqida maqola  tayyorlash borasida respublikamiz hamda qoʻshni Xorazm viloyatida yashovchi elga taniqli insonlar bilan hamsuhbat boʻldik. Ustoz haqida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, mashhur qoʻshiqchi-shoir Oshiq Erkin (Madrahimov), ovoz yozish ustasi Ozod Hayitov, Xorazm viloyat televideniyesining rejissyori Umrbek Shomurodov, shifokor Tojiboy hoji Bozorboyev, shoir Ahmad Nafas, Ellikqalʼa tumani hokimining maʼnaviyat ishlari boʻyicha oʻrinbosari Hojiboy Sotliqov, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Mahalla iftixori”koʻkrak nishoni  sohibasi Xonimjon Rajabovalar juda iliq fikrlarni bildirdilar.

Bunday yuksak eʼtiroflarga sazovor boʻlish har kimga ham nasib etavermaydi.

Ustoz qunt bilan oʻqib-oʻrganib, arab yozuvi asosidagi eski oʻzbek yozuvini ham mukammal oʻzlashtirdi. U nuroniylar orasida islomiy maʼrifat mavzusida bemalol fikr yurita oladi.

Maqolamiz qahramoni Tursunboy aka Abdullayev bu yil muborak 70 yoshni qarshilash arafasida.

Biz ham bir ixlos qoʻygan shogird sifatida muhtaram ustozga uzoq umr, ijodlarida barkamollik, mustahkam sihat-salomatlik tilaymiz.

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019