ONALIK VA BOLALIK MUHOFAZASI – barkamol avlodni voyaga yetkazişning asosidir
Onalik va bolalikni muhofaza qiliş - davolaş va xastalikning oldini olişga qaratilgan tibbiy yordam, homilador ayollarga maslahat beriş, ularni onalikka tayyorlaş, çaqaloqqa tuğiliş vaqtida malakali tibbiy yordam körsatiş, çaqaloqni parvariş qiliş, maktabgaça bölgan davrda bolaning salomatligini muhofaza qiliş, jismoniy rivojlanişini, töğri ovqatlanişini, immunologik holatini nazorat qiliş, maktab yoşidagi bolalarning salomatligini muhofaza qiliş, uni jismoniy rivojlantiriş, ösib kelayotgan organizm asosiy tizimlarining faoliyatini baholaş, salomatlik holatida paydo bölgan özgarişlarni aniqlaş kabi masʼuliyatli vazifalardan iboratdir.
Ota-onaning farzand oldidagi burçi nihoyatda masʼuliyatli. Har bir ota-ona farzandi oldida öz otalik, onalik burçini xis etişi, unga javobgarligini töliq anglab yetişi lozim. Farzandlar tarbiyasi quyidagi bosqiçlarda amalga oşirilişini har bir ota-ona bilişi lozim.
Birinçi bosqiç - nasl tarbiyasi, yaʼni bola tarbiyasi bola tuğilmasidan 3-4-yil oldin boşlanişi zarur. Bunda farzand körişni istagan ota-onaning bölajak farzandlari taqdiriga masʼuliyat bilan qarab, özlarining salomatliklarini yaxşilaşlari nazarda tutilgan.
Ikkinçi bosqiç - homiladorlik davridagi parvariş. Bu masala öta muhim ahamiyatga ega bölib, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik davrida onalarga katta ğamxörlik körsatiladi.
Uçinçi bosqiç - bola tuğilganidan to 6-7 yoşgaça bölgan davr. Şu davrga kelib bolada ilk maʼnaviy tarbiyani boşlaş, rivojlantiriş davri boşlanadi. Bolaning bundan keyingi tarbiyasi oiladagi muhitga çambarças boğliq böladi. Bunda özaro hurmat va qattiq tartib bölmasa, oilaning barça aʼzolari öz burçlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan mehr oqibat körsatmasa, oilada voyaga yetayotgan farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir etadi. Çunki oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlar bir-birining, qöşnilarining salomatligi töğrisida ğamxörlik qilişni birinçi öringa qöyadi. Bu esa eng oliy darajadagi maʼnaviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. Har qaysi millatning öziga xos maʼnaviyatini şakllantiriş va yuksaltirişda, heç şubhasiz, oilaning örni va taʼsiri beqiyosdir. Çunki, insonning eng pokiza tuyğulari, ilk hayotiy tuşunça va tasavvurlari birinçi galda oila bağrida şakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqaraşini belgilaydigan maʼnaviy mezon va qaraşlar-yaxşilik va ezgulik, oliyjanoblik, mehr-oqibat, or-nomus va andişa kabi muqaddas tuşunçalarning poydevori oila şaroitida qaror topadi. Şunday ekan, farzandi barkamol bölmoğini istagan ota-ona avvalo oilasida soğlom turmuş tarzini yaratişi lozim.
O.Halimov,
tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği, tibbiyot fanlari nomzodi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶