28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:59
Jamiyat 👁 280

Ramazon hayiti namozi katta xursandchilik va shukronalik bilan ado etildi

Ramazon hayiti namozi katta xursandchilik va shukronalik bilan ado etildi

Musulmon olamining eng qutlugʻ ayyomlaridan biri – muborak Ramazon hayiti butun yurtimiz boʻylab oʻzgacha shukuh, koʻtarinki kayfiyat, mehr-oqibat va cheksiz shukronalik tuygʻulari ostida keng nishonlandi. Erta tongdan mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, Amudaryo tumanida joylashgan "Yusuf eshon bobo" jomʼe masjidida ham minglab moʻmin-musulmonlar jam boʻlib, Ramazon hayiti namozini katta xursandchilik va shukronalik bilan ado etdilar.

Mazkur maskanda jamlangan namozxonlar yuzidagi quvonch va shukronalik hissi bugungi kunda yurtimizda hukm surayotgan diniy bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va barqarorlik ijtimoiy muhitining eng yorqin ifodasidir.

Davlatimiz rahbarining Ramazon hayiti munosabati bilan xalqimizga yoʻllagan bayram tabrigida taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda shakllangan goʻzal va ezgu anʼanaga muvofiq, muborak Ramazon oyini munosib oʻtkazish, uning fayzu barokotini har bir xonadonga yetkazish maqsadida bu yil ham keng koʻlamdagi sermazmun va xayrli ishlar amalga oshirildi.

Bu borada, ayniqsa, inson qadrini ulugʻlash, aholining koʻmakka muhtoj qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlar yangi bosqichga koʻtarilganini alohida qayd etish joiz. Real faktlar va raqamlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, maxsus qaror asosida keyingi oʻttiz besh yil ichida birinchi marta aynan ehtiyojmand qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 1 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻ ajratildi. Bunday ulkan sarmoya muhtoj va kam taʼminlangan oilalarning turmush sharoitini tubdan yaxshilash, ularga bevosita moddiy madad berish, shuningdek, bemorlarga zarur tibbiy yordam koʻrsatish kabi oʻta muhim, hayotiy zarur, ezgu ishlarga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatlidir.

 Bundan tashqari, ijtimoiy reyestrdagi davolash rejalashtirilgan 6 ming nafar bemorga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda, jumladan ogʻir kasallar operatsiya yoʻli bilan davolanmoqda. Shuningdek, aholiga 100 ming dona Ramazon sovgʻalari tarqatildi. “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida esa ehtiyojmand oilalar, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yashovchilar hamda xorijdagi vatandoshlarimiz uchun 30 mingdan ortiq iftorlik tadbirlari oʻtkazildi.

Bunday olijanob, savobli va xayrli ishlar muqaddas islom dinimizning asl insonparvarlik mohiyatiga, mehr-shafqat va saxovat tamoyillariga toʻla hamohang boʻlib, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlarning bevosita amaliy natijalari sifatida barchamizni birdek xursand qiladi.

Maʼnaviy-maʼrifiy va diniy sohadagi yuksalishlar ayniqsa bayram kunlarida oʻzining munosib va yorqin ifodasini topdi. Xususan, mana shu qutlugʻ va muborak kunlarda azim poytaxtimiz Toshkent shahrida qad rostlagan Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi hamda qadimiy va navqiron Samarqand viloyatida barpo etilgan muhtasham Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilishi butun Oʻzbekiston xalqiga oʻziga xos bebaho Ramazon tuhfasi boʻldi.

Bu kabi tarixiy, maʼnaviy va ezgu ishlarning uzviy davomi sifatida bugungi kunda Samarqand shahrida kalom ilmining sultoni, buyuk alloma Imom Moturidiy majmuasi yangidan, zamonaviy arxitektura va milliy meʼmorchilik anʼanalari asosida barpo etilmoqda. Poytaxtimiz Toshkent shahrida esa yaqin kunlarda Xalqaro bagʻrikenglik va dinlararo muloqot markazi oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyadi. Ushbu markaz jonajon Vatanimizning turli millat va dinlararo muloqot, oʻzaro hamkorlik, tinchlik va doʻstlik tarannum etiladigan muqaddas diyor sifatidagi nufuzini xalqaro maydonda yanada oshirishga xizmat qiladi.

Amudaryo tumanidagi "Yusuf eshon bobo" masjidida va yurtimizning barcha goʻshalarida oʻqilgan Ramazon hayiti namozi soʻnggida nuroniy otaxonlarimiz, imom-xatiblar va barcha yigʻilganlar tomonidan elu yurtimiz haqqiga, osmonimiz musaffoligi, yurtimiz tinchligi, dasturxonlarimizga qut-baraka va xalqimizga tinchlik-xotirjamlik soʻrab chin dildan ezgu duolar qilindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026