Diqqat, eʼlon!
Hurmatli fuqarolar!
Shu yil 19-21-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Nukus shahri, Taxiatosh va Xoʻjayli tumanlarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining buyrugʻiga asosan Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan “Sarez koʻli”ning oʻpirilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda boshqaruv organlari va davlat strukturalarning aholini va hududlarni muhofaza qilishda birgalikdagi harakatlari boʻyicha komandalik-shtab oʻquv mashgʻuloti oʻtkaziladi.
Oʻquv mashgʻulotini keng turda va hayotiy favqulodda vaziyatlarga yaqinlashtirilgan holda oʻtkazish rejalashtirilgan.
Shu sababli oʻquv mashgʻuloti boʻlib turgan vaqtda fuqarolardan ortiqcha vahimaga tushmaslikni hamda har xil tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻraymiz.
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶