Amudaryo tumanidagi ommaviy mushtlashuv yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Amudaryo tumanida katta koʻchada — mashinalar harakatlanayotgan vaqtida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi” sarlavhali videomaterial tarqaldi.
Ushbu holat boʻyicha Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi tuman hokimligining axborot xizmatiga quyidagilarni maʼlum qildi:
2021-yil 18-may kuni soat 18:00lar atrofida Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimiga Mangʻit shahridagi Mangʻit dehqon bozori oldida – Madaniyat koʻchasi boʻyidagi yoʻlda janjal boʻlayotganligi toʻgʻrisidagi xabar kelib tushdi.
Xabar asosida maxsus guruh hodisa joyiga borganida, bozorda savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullanuvchi fuqaro Yu.A bilan mijoz A.Q.lar oʻrtasida oldi-sotdi masalasida oʻzaro kelishmovchilik kelib chiqqanligi, keyinchalik ushbu janjalga mijoz A.Q.ning oʻgʻillari T.S. va T.N. aralashib, oʻrtadagi kelishmovchilik kattalashib, janjal ishtirokchilari yoʻl boʻyiga chiqib ketgani aniqlandi.
Amudaryo tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi inspektorlari tomonidan janjal vaqtida toʻxtatilib, janjalda ishtirok qilgan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilgan.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan va jabrlanmagan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan belgilangan tartibda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶