17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 01:23
Jamiyat 👁 344

Yoshlar festivali doirasida turli sport musobaqalari oʻtkazilmoqda

Yoshlar festivali doirasida turli sport musobaqalari oʻtkazilmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama yetuk, barcha sohalarda ilgʻor, barkamol avlod boʻlib yetishishlariga katta eʼtibor qaratilib, ertamiz egalariga keng imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari, ham jismonan va manan yetuk boʻlib yetishishlari yoʻlida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Amudaryo tumanida “Yoshlar festivali” doirasida oʻtkazilayotgan sport musobaqalari ham shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Joriy yilning 3-8-iyun kunlari tumanimizdagi yoshlar oʻrtasida sportning shaxmat turi boʻyicha “Yoshlar shaxmat taxtasi” musobaqasi oʻtkazildi. 8-iyun sanasida esa mazkur musobaqaning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Musobaqada tumanimizdagi 7 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatchilar, havaskor sportchilar, oʻquvchi talabalar, uyushmagan yoshlar ishtirok etdilar. Bellashuvlar Xalqaro shaxmat federatsiyasining qoidalari asosida oʻtkazildi.

Musobaqaning hududiy bosqichlarida 1-2-3-oʻrinni egallagan ishtirokchilarga tuman bosqichida qatnashishga ruxsat berildi. Musobaqalar juda qiziqarli baxs-munozaraga boy tarzda oʻtdi. Bellashuvlarning tuman bosqichi yakuniy natijalariga koʻra qizlar oʻrtasida Durunki mahallasida yashovchi 56-sonli maktabning 3-sinf oʻquvchisi Iroda Toʻliboyeva 3-oʻrinni, 6-sinf oʻquvchisi Umida Toʻliboyeva 2-oʻrinni, Oʻzbekiston mahallasida yashovchi 44-sonli maktabning 5-sinf oʻquvchisi Rayhona Shomuratova faxrli 1-oʻrinni egalladilar.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasida ham bellashuvlar murosasiz tarzda oʻtdi. Yakuniy natijalarga koʻra Xitoy ovulida yashovchi, 2-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi Murodbek Rajabov 3-oʻrinni, Qipchoq ovulida yashovchi 18-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi Sherzod Saʼdullayev 2-oʻrinni, Durunki mahallasida yashovchi, 56-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Ogʻabek Toʻrayev faxrli 1-oʻrinni egalladilar.

Tuman bosqichida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar tuman hokimligining I-II-III darajali diplomlari hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan festival doirasida sportning suzish turi boʻyicha ham musobaqalar tashkil qilindi. Suzish musobaqasida tumanimizda yashovchi 12 yosh va undan kichik yoshdagi yoshlar ishtirok etdilar. Suzish boʻyicha bellashuvlar qizlar va oʻgʻil bolalar oʻrtasida ham musobaqalar tashkil qilindi. Musobaqa 8-iyun sanasida tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabining suzish basseynida oʻtkazildi.

Bu kabi sport musobaqalarini oʻtkazishdan asosiy maqsad – tumanda sportning barcha turlarini yanada rivojlantirish, sportning har bir turi boʻyicha kuchli sportchilarni aniqlash hamda tuman terma jamoasini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdan iboratdir.

Suzish boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarning yakuniy natijalariga koʻra oʻgʻil bolalar oʻrtasida har uchala oʻrinni ham 30-maktab oʻquvchilari, jumladan, Boʻston mahallasida yashovchi Arslonbek Xolboyev 3-oʻrinni, Beruniy mahallasida yashovchi Xudoyberdi Oʻtamuratov 2-oʻrinni, Boʻston mahallasida yashovchi Shohjahon Safarboyev faxrli 1-oʻrinni egalladilar.

Shuningdek, qizlar oʻrtasidagi baxslarda Xizr eli mahallasida yashovchi 46-sonli maktab oʻquvchisi Marjona Tozaboyeva 3-oʻrinni, Olmazor mahallasida yashovchi 31-maktab oʻquvchisi Aygerim Marksova 2-oʻrinni, Gulzor mahallasida yashovchi 55-maktab oʻquvchisi Diyora Jumamuratova faxrli 1-oʻrinni sovrindori boʻldilar.  Musobaqa gʻoliblari tuman hokimligining I-II-III darajali diplomlari hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan festival davom etmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019