28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:22
Jamiyat 👁 321

YoShLAR FESTIVALI DOIRASIDAGI TADBIRLAR YoShLAR QALBIDAGI VATANPARVARLIK TUYGʻULARINI YaNADA MUSTAHKAMLADI

YoShLAR FESTIVALI DOIRASIDAGI TADBIRLAR YoShLAR QALBIDAGI VATANPARVARLIK TUYGʻULARINI YaNADA MUSTAHKAMLADI

“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Amudaryo tumanida oʻtkazilgan “Yoshlar festivali” tadbirlarida tumanimiz yoshlari koʻtarinki ruhda qatnashdilar.

Festival doirasida tuman Madaniyat va istirohat bogʻida davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism harbiylari tomonidan yosh avlod qalbida Vatan taqdiriga daxldorlik, burchga sadoqat, vatanparvarlik kabi ezgu tuygʻularni mustahkamlash va yuksaltirish maqsadida tadbirlar tashkil etildi. Yoshlar harbiy xizmatchi Sanjar Toshmatov ishtirokidagi davra suhbatida davlatimiz tomonidan harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, shuningdek, harbiylik kasbi haqidagi maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Shu bilan birga, harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy sohada erishilayotgan yutuqlar ham tilga olinib oʻtildi. Tadbir davomida harbiy qismga tegishli qurol-yarogʻ, harbiy texnikalar, aloqa vositalari, tibbiy anjomlar hamda taʼminot turlaridan  tashkil etilgan koʻrgazma va koʻrgazmali mashgʻulotlar namoyish etildi. Koʻrgazmada harbiy xizmatchilar qurollarni yoyish va yigʻishni amalda koʻrsatdilar. Shuningdek, oʻq otish, saf tayyorgarliklari, ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish usullari boʻyicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi.

Harbiy qism xizmatchisi Hamza Xoʻjaniyozov harbiy texnikalar, qurol-aslahalardan hamda mashgʻulotlarda ishtirok etgan xizmat hayvonlaridan davlat chegarasini qoʻriqlashda qanday foydalanilishi toʻgʻrisida yoshlarga soʻzlab berdi. Xizmat hayvonlari boʻlgan ot va itlar bilan shugʻullanish, ular bilan oʻtkaziladigan harbiy mashgʻulotlar haqidagi maʼlumotlar va oʻtkazilgan koʻrgazmali mashgʻulotlar yoshlar uchun juda qiziqarli boʻldi. Harbiy qism hayoti, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda saf  va oʻq otish tayyorgarligi elementlari haqida batafsil tushunchalarga ega boʻlgan yoshlarda ushbu tadbir katta taassurot qoldirdi.

Tadbirdan soʻng, tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan “Yoshlar ovozi” nomli gala kontsert boshlandi. Festival ishtirokchilari dastlab tumandagi yosh xunarmandlarning bichish-tikish,  rassomchilik namunalari, yogʻoch va temirdan ishlangan buyumlaridan tashkil qilingan koʻrgazma bilan tanishdilar.

Vatan ravnaqi yoʻlida yoshlarni birlashtirish, ularning faolligini oshirish, tashabbuskor yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostidagi “Yoshlar ovozi” gala kontsertini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochib berdi va barcha yoshlarni ushbu tantana bilan tabrikladi. Tuman hokimi yurtimizda yoshlar tarbiyasi, ularni baxtli, barkamol avlod qilib tarbiyalashga katta eʼtibor berilayotganiga alohida toʻxtaldi va farovon yurtimiz kelajagi  yoshlar iqtidori va intilishlari bilan bogʻliqligini aytib, ularga katta ishonch bildirdi.

Shundan soʻng, “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida oʻtkazilgan yoshlar festivali doirasidagi musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar va faol oʻquvchilarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Gʻoliblar faxriy yorliq, diplom va sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

Festival ishtirokchilari eʼtiboriga tumanimiz xalq jamoalari,  taniqli xushovoz  yosh estrada xonandalari, raqs dastalari  ishtirokida tayyorlangan katta gala kontsert dasturi havola etildi. Dastur davomida tomoshabinlar Vatan madhi, muhabbat va sadoqat, baxtli bolalik tarannum etilgan qoʻshiqlar, dilrabo raqslar ijrosidan yanada xushnud boʻldilar.

Maʼlumki, joriy yil iyun oyi davomida barcha hududlarda «Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida «Yoshlar oyligi» oʻtkazilmoqda. Oylik doirasida mamlakatimiz boʻylab 4 million 300 mingdan ziyod yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Bu yil ilk marotaba mazkur oylik doirasida barcha tuman va shaharlarda 1-iyundan 30-iyunga qadar turli yoʻnalishlar boʻyicha tanlovlar, festivallar, intellektual oʻyinlar, sport musobaqalari oʻtkaziladi.

Oylik doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026