RUXSAT BERIŞ VA LITsENZIYaLAŞ SOHASIDAGI YaNGILIKLAR
Mamlakatimizda işbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxşilab, tadbirkorlik faoliyati uçun ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillaştiriş borasida doimiy çora-tadbirlar amalga oşirilib kelinmoqda.
Mazkur yönalişlarda olib borilgan işlar litsenziyalaş va ruxsat beriş tizimini liberallaştiriş hamda institutsional isloh qilişning yangi bosqiçini boşlaş uçun mustahkam asos yaratdi.
Litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillarini tubdan takomillaştiriş hamda byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş orqali tadbirkorlik subʼektlari faoliyati uçun yanada keng şart-şaroitlarni yaratiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustda “Litsenziya va ruxsat beriş tartib-taomillarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga köra, litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillaridan ötiş borasida:
litsenziya va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni oliş yoki amal qiliş muddatini uzaytiriş uçun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni topşiriş, QR-kod (matrik ştrixli kod) qöyilgan elektron litsenziya va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni oliş, vakolatli organlar tomonidan arizalarni körib çiqiş hamda litsenziya va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni beriş yoki berişni rad etiş haqida qarorlar qabul qiliş, faoliyatni boşlaganlik yoki tugatganlik haqida vakolatli organni xabardor qiliş uçun xabarnomalar yuboriş va xabarnoma qabul qilinganligi töğrisida tasdiqnomalar oliş, arizani körib çiqiş uçun davlat boji, yiğim va barça turdagi tölovlarni Yagona billing tizimi orqali elektron tölaş, litsenziya va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylaştiriş, ularning amal qilişini töxtatib turiş va bekor qiliş haqidagi arizalarni qabul qiliş va körib çiqiş nazarda tutilgan.
Farmonga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boşlab litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari bosqiçma-bosqiç töliq elektron tarzda «Litsenziya» axborot tizimi orqali amalga oşirilişi belgilangan. Endilikda tadbirkorlik subektlari «Litsenziya» axborot tizimi orqali arizalarni yuborişda license.gov.uz elektron tizimidan foydalaniadi.
Litsenziya va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni oliş hamda vakolatli organni xabardor qiliş haqidagi arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlar elektron şaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda Internet tarmoği orqali qabul qilinadi.
Barça turdagi litsenziya va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlar hamda xabarnoma qabul qilinganligi va reyestrga kiritilganlik haqida xat ularning haqqoniyligini onlayn tekşiriş imkonini beradigan QR-kod (matrik ştrixli kod) qöyilgan holda rasmiylaştiriladi va ularni maxsus blankalarda beriş tartibi bekor qilinadi, bundan xalqaro şartnomalarga muvofiq maxsus qoğoz blankalarida rasmiylaştirişni talab qiladigan hujjatlar mustasno.
Faoliyatni boşlaganlik haqida vakolatli organni xabardor qilişda bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizigaça yiğim undiriladi, bundan quriliş-montaj işlarini va alkogol mahsulotlari bilan çakana savdo qilişni boşlaganlik haqidagi xabarnomalar mustasno.
Bu kabi tartib-tamoyillarning joriy etilişi tadbirkorlik subektlari faoliyatining rivojlanişida zamin yaratadi.
Umida Saparbayeva, tuman Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶