Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi
10-iyun kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi.
Senat Raisi dastlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Murat Kamalov, tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev va Respublika faollari bilan birgalikda tumanimizdagi Durunki mahallasida bölib, mahalla fuqarolar yiğini faollari, aholi hamda yoşlar bilan uçraşdi.
Mehmonlar mahalla fuqarolar yiğini binosi oldidagi sunʼiy qoplamali maydonçada tumanimizda ilm-fan, sport sohasida yuqori natijalarga erişayotgan yoşlar bilan uçraşdi. Yiğilganlar orasida fan olimpiadasining Özbekiston Respublikasi bosqiçi, bir neça sport turlari böyiça ötkazilgan Özbekiston va Qoraqalpoğiston çempionatlarining ğolib va sovrindorlari bor edi. Yoşlarni rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaş, ularning yanada yuksak çöqqilarni zabt etişlariga umid, işonç tuyğularini öyğotiş maqsadida faol yoşlarga faxriy yorliqlar va velosipedlar sovğa qilindi. Fan olimpiyadalari, sportning turli yönalişlari böyiça nufuzli musobaqalar ğoliblari özlariga qaratilgan bu kabi eʼtibordan mamnun böldilar.
Söngra mehmonlar Durunki mahalla fuqarolar yiğini binosi, bu yerda yiğin xodimlari va taşrif buyuruvçilar uçun yaratilgan şaroitlar, fuqarolar yiğini huzuridagi turli komissiyalar faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Fuqarolar yiğini binosining majlislar xonasida mahalla faollari bilan uçraşuv ötkazildi. Uçraşuv davomida mehmonlarga fuqarolar yiğinining bugungi kundagi faoliyati, mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirayotgan işlari haqida maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida Toş qalʼa mahalla fuqarolar yiğini huzuridagi komissiya aʼzosi Pardagul Örozboyeva, Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini raisi Zebo Rajabova, 14-sonli maktab bitiruvçisi, qozoq tili böyiça fan olimpiadasining Özbekiston miqyosidagi bosqiçi ğolibasi Balkumis Reimbayeva lar sözga çiqib, mamlakatimizda aholi farovonligini taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Şundan söng Senat Raisi aholi tomorqalaridan samarali foydalanilişi, ixçam issiqxonalar qurilişi, oila çorvasi, ayniqsa, asalariçilik va parrandaçilikni rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişiş maqsadida “Örta qalʼa çorvadori” agrofirmasi faoliyatiga taşrif buyurdi.
Boğ mahallasi hududida joylaşgan mazkur agrofirma rahbari Erkin Rasulov 2019-yilda 1 mlrd 200 mln sömlik bank krediti hamda Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan asalariçilik tarmoğini yölga qöygan. Tanzila Norboyeva va Murat Kamolovlar agrofirmada amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişiş mobaynida işçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, agrofirmada erişilayotgan yutuqlar, aholi dasturxoniga yetiştirib berilayotgan asal mahsulotlari sifatiga yuksak baho berdi. Taʼkidlaş kerakki, agrofirmada işning töğri yölga qöyilgani va işçilarning samarali mehnati evaziga birgina 2020-yilgi mavsumda 2 tonnadan ortiq yuqori sifatli asal yetiştirilib, 90 mln söm sof foyda körilgan.
Tanzila Norboyeva amudaryolik qişloq xöjaligi tadbirkorlarining işlarini ommalaştiriş, ularni qöllab-quvvatlaş, ayniqsa asalariçilikni yanada rivojlantirişda yoşlarning faol iştirokini taʼminlaş, şu orqali aholining bandlik darajasini oşiriş böyiça masʼullarga zarur tavsiyalar berdi.
Mehmonlar Boğ mahallasidagi ipak qurti boqib, pilla yetiştirayotgan va daromad olayotgan oilalardan biriga taşrif buyurdilar. Oila bekasi Dilorom Eşmanova joriy yilgi mavsumda 19 gramm ipak qurti parvarişlab, 56 kg pilla hosili yetiştiriş böyiça fermer xöjaligi bilan pudrat şartnomasini tuzgan. Tanzila Norboyeva va Murat Kamolovlar ipak qurti boqişning maşaqqatlarini yengib, möl hosil yetiştirgan pillakorlar bilan samimiy muloqot qildilar.
Taşrif davomida mehmonlar gilamdözlik faoliyati bilan şuğullanib, yuqori daromad olayotgan yana bir oilaga taşrif buyurdilar. Işsiz aholining bandligi taʼminlanişiga kömaklaşiş maqsadida masʼullar yordami bilan taşkil qilingan tsexlar gilam töqiş uçun zarur bölgan mahsulotlardan jun, ip, qozon, böyoq va boşqa töqiş uskunalari bilan taʼminlangan bölib, töqiş jarayoniga 35 nafar işsiz ayol-qizlar jalb qilingan. Şulardan tört nafari “Ayollar daftari”ga, uç nafari “Yoşlar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlardir.
Senat Raisi tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi binosida bölib, bu yerda bölim xodimlari uçun yaratilgan şaroitlar, ularning iş jarayoni bilan yaqindan tanişdi. Mehmonlarga Amudaryo tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimining oilalarda va mahallalarda faol iş olib boriş, yoş avlodni turli zararli oqim va taʼsirlardan saqlaş, insoniy qadriyatlarni mustahkamlaş, aholi muammolari bilan işlaş va taʼsirçan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişda fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga uslubiy-amaliy kömaklaşiş sohalaridagi faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Şu yerning özida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari hamda tuman faollari bilan uçraşuv taşkil qilindi.
Uçraşuvda tumanimiz faollari yoşlarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaş, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini taʼminlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarorining tumandagi ijrosi, xotin-qizlar örtasida soğlom turmuş tarzini va tibbiy madaniyatni rivojlantiriş, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muxtoj aholini oddiy qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida söz yuritdilar.
Maʼlumot tariqasida aytiş kerakki, tumanda “Ayollar daftari”ga 30 yoşdan oşgan 1832 nafar ayollar kiritilgan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida amaliy işlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning şu davriga qadar 1473 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar körsatilgan bölib, 567 nafar işsiz ayollarning bandligi taʼminlangan. Şuningdek, 225 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga qayta öqitilib, 55 nafariga tomorqadan foydalaniş uçun yordam berilgan hamda 398 nafar ayollarga tadbirkorlik qilişi uçun kredit olişda amaliy yordamlar körsatilgan. Bundan taşqari, 173 nafar boquvçisini yöqotgan ehtiyojmand ayollar, 65 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bölgan ayollarga, 19 nafar qaramoğida nogiron farzandi bölgan ayollarga moddiy yordamlar ajratilgan.
Uçraşuv mobaynida tumanda yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida qilinayotgan işlar xususida ham söz yuritildi. Qayd etilişiça, tumandagi har bir mahalla kesimida işsiz, tadbirkorlik faoliyati hamda
kasb-hunarga öqiş istagida bölgan, ijtimoiy muammoli 6 753 nafar yoşlar “Yoşlar daftari”ga kiritilgan bölib, ularni ijtimoiy himoya qiliş maqsadida qator işlar olib borilmoqda. Xususan, jami 731 nafar işsiz yoşlarni doimiy va jamoat işlariga joylaştiriş orqali bandligini taʼminlangan. 243 nafar yoşlarga tadbirkorlik faoliyatini boşlaş uçun 3 mlrd 167 mln söm kredit mablağlarini ajratilgan hamda 245 ta yangi iş örinlari yaratilgan. Qişloq xöjaligi sohasida yoşlar bandligini taʼmminlaş maqsadida 4408 nafar yoşlarga 1378 gektar yer maydonlari ajratilgan. Hozirgi kunda 265 nafar tadbirkorlikka va 60 nafar yoşlar kasb-hunarga öqitilgan. Bu boradagi samarali işlar natijasida joriy yilning şu davriga qadar “Yoşlar daftari”ga kiritilgan 6753 nafar yoşlardan 3376 nafari “Yoşlar daftari”dan çiqarilgan.
Uçraşuvda Senat raisi mahalliy Kengaş faoliyatini yanada jonlantiriş, tumanni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlantiriş böyiça taklif va tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida "Temir daftar" va "Ayollar daftari"da turgan yurtdoşlarimizga sovğalar topşirildi.
Tuman hokimliging Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶