Aholining murojaatlari örganildi
Barçamizga maʼlumki, söngi yillarda tabiiy iqlim şaroiti tufayli köplab suv tanqisligi muammolari vujudga kelyapti. Bunday muammolar Özbekistonning barça hududida bölgani kabi Qoraqalpoğiston Respublikasini ham çetlab ötmayapti. Asosan, qişloq xöjaligi sohasi bilan şuğullanuvçi janubiy tumanlar aholisi suv yetişmovçiligi muammosidan qattiq aziyat çekmoqdalar. Bu kabi muammolar natijasida bir qança tuşunmovçiliklar hamda noroziliklar kelib çiqmoqda.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumani Amir Temur ovuli Tuvulğa aholi punktida yaşovçi bir guruh fuqarolar tomonidan bildirilgan videomurojaat tumandagi tegişli mutasaddi taşkilotlar tomonidan örganilib, muammolarni barataraf qiliş yuzasidan qator amaliy işlar olib borilmoqda.
Aytiş kerakki, Amir Temur ovuli Manğit Arna kanalining eng quyi qismida joylaşgan bölib, Amudaryodan olinayotgan mavjud suv zahirasi ötgan yilga nisbatan 50 foizga kamayganligi ovul hududiga suv yetkazib berişda köplab muammolarni keltirib çiqarmoqda.
Mazkur muammolarni bartaraf qiliş maqsadida “SNP-500” nasosi olib kelindi. Nasos Tuvulğa aholi punktiga örnatilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, daryodagi mavjud suv zahirasi kamligi bois Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi boşqarmasi tomonidan Manğit Arna kanali boşidagi 6 ta nasoslardan 3 tasini qöşişga ruxsat berilgan bölib, agar uşbu çeklov olib taşlansa, 6 ta nasoslarning barçasini qöşiş imkoniyati yuzaga keladi va Amir Temur ovuli suv bilan taʼminlanadi.
Qolaversa, suv taqçilligi muammosini yumşatiş maqsadida Manğit Arna kanali Manğit şahridan Amir Temur ovuligaça ekskavator orqali qazilmoqda.
Qolaversa, hozirgi kunda Amir Temur ovuli xududiga 11 km içimlik suv tarmoqlarini tortiş xamda 1 ta suv tarqatiş inşooti quriş işlari amalga oşirilmoqda.
Hozirgi kunda 7 km içimlik suvi quvurlari olib kelinib, 1 km suv tarmoqlari yotqizildi va quriliş-montaj işlari davom ettirilmoqda.
Bu işlar töliq amalga oşsa, Amir Temur ovulidagi mahallalarni belgilangan tartib asosida, navbatma-navbat suv bilan taʼminlaş rejalaştirilgan.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶