28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:02
Qishloq xoʻjaligi 👁 276

AMUDARYoDA 221 TONNA “KUMUSh TOLA” XIRMONI BUNYoD ETILDI

AMUDARYoDA 221 TONNA “KUMUSh TOLA” XIRMONI BUNYoD ETILDI

Tumanimizda joriy dehqonchilik yilining ilk hosil xirmoni bunyod etildi. Amudaryolik pillakorlar 221 tonnalik yuqori sifatli xom ashyo yetishtirib, zimmalaridagi shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajaradilar.

Pillachilik – sermashaqqat soha. Bu sohada muvaffaqiyatga erishib, moʻl hosil olishning oʻzi boʻlmaydi. Shu sababli amudaryolik pillakorlar joriy yilgi ipak qurti boqish mavsumiga ham puxta hozirlik koʻrdilar.

Avvalo, ipak qurti urugʻini jonlantirish uchun 16 ta inkubatoriy zarur jihozlar bilan taʼminlanib, har bir inkubatoriyga tajribali va oʻz kasbining bilimdonlari boʻlgan mutaxassislar ishga jalb etildi. 3960 quti ipak qurti urugʻi agrotexnika qoidalariga rioya qilgan holda jonlantirilib, 1607 nafar kasanchilarga 1703 quti, fermer xoʻjaliklariga 2257 quti ipak qurti urugʻi shartnoma asosida tarqatib berildi va ipak qurtini parvarishlash, oziqlantirish jarayonlari malakali mutaxassislar tomonidan qatʼiy nazorat qilib borildi.

Bundan tashqari, mavsum davomida tut bargi taqchilligining oldini olish maqsadida kasanachilar va fermer xoʻjaliklari qaramogʻidagi mavjud tutzorlarda mart oyi boshidanoq zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirilib, “Jayxun silk” masʼuliyati cheklangan jamiyati korxonasi tomonidan yangi tutzorlar barpo etildi va bu yangi tutzorlarga 334,8 ming tup serhosil tut koʻchatlari oʻtqazildi.

Ipak qurti urugʻini tarqatish jarayonida kasanachi-pillakorlarga har bir quti ipak qurti urugʻi uchun oldindan 250 ming soʻmdan boʻnak pullari berildi. Shu bilan birga mavsum ishlarini sifatli va uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida malakali mutaxassislar qurtxonalarda tez-tez boʻlishib, jarayonni toʻliq nazorat qilib borishlari uchun sharoitlar yaratildi. Natijada tumanimizdagi barcha qurtxonalarda moʻl va sifatli pilla hosili yetishtirildi. Pillakorlarimiz joriy yilning 29-may sanasida oʻzlari yetishtirgan yilimizning birinchi hosili – pilla topshirishni boshlab yubordilar.

Shuni alohida qayd etish joizki, “Mangʻit Pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Mangʻit va Xitoy pilla qabul qilish maskanlari mavsumga oʻz vaqtida taxt qilib qoʻyilgani tufayli pillani qabul qilish jarayoni uzluksiz olib borilishiga erishildi. Buning uchun Mangʻit pilla qabul qilish maskaniga 50 nafar, Xitoy pillaxonasiga 20 nafar mavsumiy ishchilar ishga qabul qilinib, ularning mehnati bilan qabul qilib olingan pilla hosili peshma-pesh quritilib, oʻz vaqtida gʻumbagidan sifatli ajratib olinishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur pilla qabul qilish maskanlarida yaratilgan shart-sharoitlardan pillakorlar ham mamnun.

Pillachilikni yetti xazinaning biri, deyishadi. Shu bilan birga oʻta nozik va eʼtibortalab soha. Yetishtirilgan hosilning sifati esa pillakorning fidoyi mehnatiga bogʻliq. Fidoyilik bilan qilingan mehnat esa har tomonlama eʼtirof etilib, ragʻbatlantirib borilgani bois, pillakorlarning joriy yilgi mavsum yakunidan kayfiyatlari baland. Chunki rejadan tashqari yetishtirilgan har bir kilogramm pilla uchun pillani qabul qilish maskanining oʻzidayoq 25 ming soʻmdan ish haqi berilgani, rejadagi pilla hosilining har bir kilogrammi uchun 22 ming 440 soʻmdan hisob-kitob qilinishi  pillakorlar mehnatiga munosib ragʻbat boʻldi.

Oʻz kasbining bilimdonlari boʻlgan soha mutaxassislari va mohir pillakorlar mehnati tufayli shartnomaviy rejadagi 221 tonna oʻrniga 223,7 tonna yuqori sifatli pilla hosili yigʻilishtirib olinib, bu boradagi reja 101,2 foizga ortigʻi bilan ado etildi. Yetishtirilgan hosilning 163,9 tonnasi Mangʻit, 59,8 tonnasi Xitoy pilla qabul qilish maskanlari tomonidan qabul qilinib, ayni paytda pillani sifatli quritish, saralash va oʻz vaqtida gʻumbagidan ajratish kabi mavsum ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026