Tomorqadan unumli foydalanişga bağişlangan seminar bölib ötdi
2. Bugungi kunda mamlakatimizda tomorqadan unumli foydalaniş, yilning tört faslida ham arzon, ham sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetiştirişga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda.
Amudaryo tumani fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi tomonidan ham aholi tomorqalaridan samarali foydalaniş borasida qator işlar amalga oşirilmoqda. Joriy yilning 12-iyun sanasida tumanimizdagi Bobur nomli ovulda tomorqadanunumli foydalaniş borasidagi islohotlar, qilinişi lozim bölgan vazifalarga bağişlanga seminar bölib ötdi. Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi örinbosari Duysenbay Otarboyev, Amudaryo fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi mutaxasissi Javlon Rajabov hamda Bobur ovuli xududidagi köça boşçilari, mahalla faollari iştirok etdilar.
Seminarda davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 1-aprel sanasida imzolangan “Dehqon xöjaligi töğrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati xaqida keng tuşunçalar berib ötildi. Şuningdek, tajribali tomorqa yer egalari seminar iştirokçilariga özlarining uzoq yillar davomida tomorqadan foydalaniş borasidagi tajribalari bilan örtoqlaşdilar.
Taʼkidlanganidek, “Dehqon xöjaligi töğrisida”gi qonunga köra, 18 yoşga tölgan, muomalaga layoqatli bölgan, öziga dehqon xöjaligini yuritiş uçun yer uçastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş yoki ijara huquqi asosida berilgan Özbekiston fuqarosi yoki Özbekiston hududida doimiy yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxs dehqon xöjaligi boşliği bölişi mumkin. Şuningdek, qonun bilan belgilanganidek, dehqon xöjaliklaridan davlat boji va yiğim undirilmaydi, dehqon xöjaligini yuritiş uçun 6 sotixdan 1 gektargaça bölgan ölçamda yer uçastkalari beriladi, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarning asosiy ekindan böşagan qismi 6 sotixdan 10 gektargaça bölgan ölçamda bir yilgaça bölgan muddatga ikkilamçi ijaraga berilişi mumkin, berilgan yer uçastkasidan faqat qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş uçun foydalanilişi kerak.
Qolaversa, dehqon xöjaligi öz ixtisoslaşuvini, şu jumladan, qişloq xöjaligi ekinlarining turlari va hajmlarini, ularni yetiştiriş hamda agrotexnik tadbirlarni ötkaziş usullarini mustaqil ravişda belgilaydi. Özi işlab çiqarayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlariga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib çiqib mustaqil ravişda narxlar belgilaydi.
Seminarda maʼlumot tariqasida qayd etilişiça, tumanda jami 39 ming 583 ta tomorqa yer egalari mavjud bölib, ularda 6 ming 652 gektar ekin yerlari mavjud bölib, 2021-yil may oyi holatiga köra 5 ming 513 gektar yer maydoniga ertaki ekin ekiş işlari nihoyasiga yetkazilgan. Bugungi kunda aholi tomorqalarida 13,9 gektar tomorqa yer maydonida 1183 ta issiqxonalar mavjud.
2021-yilda tumandagi mahallalarni "Bir mahalla - bir mahsulot" tamoyili asosida jami 49 mahallalar ixtisoslaştiriş hamda jami 14 ta mahallada, şundan 8 ta gavjum mahallalarda yengil konstruktsiyali “dala dökonlari” va kiçik siğimli muzlatkiç omborlar quriş rejalaştirilgan.
Seminar oçiq mulroqot tarzida ötkazildi. Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶