Oʻzbekiston oʻz erkinliklaridan mamnun fuqarolar nisbati boʻyicha AQShni ortda qoldirdi
2013 yilda tanlov erkinligi va hayot imkoniyatlaridan eng mamnun mamlakatlar Yangi Zelandiya (94 foiz) hamda Avstraliya, Kamboja, Shvetsiya (93 foizdan) boʻldi. Bu haqda Gallup World tadqiqot tashkilotiga tayanib, «Anhor» nashri xabar berdi.
BAA, Avstriya, Niderlandiya va Oʻzbekiston 92 foiz koʻrsatkich bilan uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, Kanada, Ispaniya, Finlyandiya va Daniya toʻrtinchi pogʻonaga joylashdi: ushbu mamlakatlar fuqarolarining 91 foizi oʻz erkinliklaridan qoniqishini bildirgan, deb yozadi Daryo.Uz.
AQShda 2006-yilda 91 foiz aholi oʻz erk va imkoniyatlaridan mamnun boʻlgan boʻlsa, bugunga kelib ushbu koʻrsatkich 79 foizgacha tushib ketgan (36-oʻrin).
Hayotdan norozi fuqarolar soni boʻyicha esa Misr yetakchilik qilmoqda (34 foiz). Undan keyingi oʻrinlarni Gretsiya (30 foiz), Italiya (24 foiz), Venesuela (20 foiz), Kipr (17 foiz) va boshqalar egalladi.
Reyting 120 mamlakatning har birida mingga yaqin kishilardan olingan soʻrov natijasida tuzilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶