Sanʼatsevar yoşlar
Sanʼat – maşaqqatli mehnat, tinimsiz maşq va takrorlaşni talab qiladigan murakkab soha. Keyingi yillarda sanʼat sohasiga mehr qöyib, uni puxta egallaşga intilayotgan yoşlar safi tobora ortayotgani kişini quvontiradi.
82-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi T.Sobirov va 5-sinf öquvçisi S.Yöldoşevlar ham musiqa, sanʼat olamiga dadil kirib kelayotganlardan.
Joriy yil 17-may kuni tumanimizda “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili” munosabati bilan ötkazilgan “Yangi isteʼdodlar” körik-tanlovida estrada yönalişida faol qatnaşdilar. Tanlovning hududiy bosqiçida ğolib bölgan T.Sobirov tuman bosqiçida ham muvaffaqiyatli iştirok etib, 2-örinni egalladi. S.Yöldoşev esa faol iştiroki uçun rağbatlantirildi. Ular tuman Madaniyat bölimining Faxriy yorliği va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Hozirda ular “Barkamol avlod” bolalar maktabida sanʼat yönalişidagi tögarakda ustoz-murabbiylaridan taʼlim olmoqdalar.
Öqişda ham öz faolligini körsatib kelayotgan bu ikki nafar öquvçi maktabdoşlariga örnak bölişmoqda.
– Ularga kelgusida ham butun imkoniyatlarni işga solib, sanʼat sir-asrorlarini örgatişga tayyorman, – deydi “Barkamol avlod” bolalar maktabida estrada yönalişida taʼlim berayotgan ustozlaridan biri Ş.Xudoyberganov.
Yurtimizda iqtidorlilar safi yana ham kengayaverişini tilab qolamiz.
Sevara ISMOILOVA, QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶