Tomçilatib suğoriş texnologiyasiga bağişlangan seminar ötkazildi
Mamlakatimizda aholi sonining tobora oşib borayotgani sababli insonlarning oziq-ovqatga bölgan ortib borayotgan ehtiyojini qondiriş uçun dehqonçilikni yanada rivojlantirişga alohida eʼtibor berilmoqda. Dehqonçilik sohasida eng muhim vazifa bu ekinlarga kerakliça suv yetkazib berişdir. Sönggi yillarda butun dunyo aholisini qiynab kelayotgan suv tanqisligi muammosini yumşatiş maqsadida mavjud suv zahiralarini tejaş muhim ahamiyatga ega.
Qişloq xöjaligi mahsulotlarini nobud qilmasdan yetiştiriş, ularni kerakli suv bilan taʼminlaş, suv zahiralarini tejaş maqsadida ekinlarni tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy etiş yaxşi samara bermoqda.
Joriy yilning 19-iyun sanasida tumanimizdagi “Rajapov Omonboy” fermer xöjaligida tomçilatib suğoriş böyiça seminar ötkazildi. Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi mutaxassisi Abu Qidirbayev, tuman xokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Fayzulla Saʼdullayev, “Asl qişloq taraqqiyot" masʼuliyati çeklangan jamiyati direktori Jasur Yunusov, tuman Irrigatsiya bölimi boşliği Jamol Rajapov, tuman Suv isteʼmolçilari uyuşmasi rahbari Erkaboy Örazboyev hamda tumandagi fermer höjaliklari rahbarlari iştirok etdilar.
Aytiş kerakki, bugungi kunda tumanimizda qişloq xöjaligi ekinlarini tomçilatib suğoriş yuzasidan tizimli işlar qilinmoqda. Joriy yilda tumandagi jami 3800 gektar ekin maydonida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qiliş belgilangan bölib, şundan 3730 gektar yer tomçilatib suğoriş, 30 gektar maydon yomğirlatib suğoriş, 40 gektar yer esa diskret suğoriş texnologiyasi orqali suğoriş rejalaştirilgan.
Şu kunga qadar jami 169 ta fermer xöjaligi va 1 ta klaster taşkiloti tomonidan 2815 gektar ekin maydonida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qiliş böyiça pudratçi taşkilotlar bilan şartnomalar tuzilgan.
Şuningdek, paxta xomaşyosini yetiştirişda tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qiliş böyiça 145 ta fermer xöjaligi tomonidan 2581,4 gektar, 1 ta klaster taşkiloti tomonidan 34,5 gektar maydonda, mevali boğ va boşqa ekin maydonlarida tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qiliş böyiça 19 ta fermer xöjaligi tomonidan 130 gektar maydonda pudratçi taşkilotlar bilan şartnomalar qilingan.
Seminarda yiğilganlarga tomçilatib suğoriş texnologiyasining afzalliklari, texnologiyadan foydalanişning öziga xos jihatlari xususida maʼlumotlar berib ötildi.
Taʼkidlanganidek, tomçilatib suğoriş texnologiyasining anʼanaviy suğorişdan qator afzalliklari mavjud. Xususan, tomçilatib suğorişda ekinlarning faqat ildiz tizimi namladi. Bunday holda, suv ösimlik tomonidan kerakli miqdorda va tez söriladi hamda uning ösişi va rivojlanişiga zarar yetkazmaydi. Anʼanaviy suğoriş bilan soliştirganda, tomçilardan foydalanganda, tuproqning tabiiy tuzilişi buzilmaydi. Kuçli quyoş nurlari bilan ösimliklar nobud bölmaydi, bu barglarga tomçilar tuşganda kuzatiladi. Avtomatlaştirilgan tomçilatib suğoriş tizimi bilan suğoriş insonning minimal aralaşuvi bilan amalga oşiriladi. Suv tuproqqa faqat ildiz tizimi yotadigan joylarda kiradi, u har bir ösimlik uçun bir tekis va doimiy ravişda zarur bölgan miqdorda yetkazib beriladi.
Seminar iştirokçilari tomçilatib suğoriş texnologiyasi böyiça mutaxassislarga savollar bilan murojaat qildilar va tegişli javoblar oldilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶