14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:39
Sport 👁 312

Futbol boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionati oʻtkazilmoqda

Futbol boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionati oʻtkazilmoqda

Futbol bu chinakam atletik oʻyin. U tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va sakrovchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Futbolchi oʻyin paytida haddan tashqari koʻp ish bajaradi. Bu esa odamning funktsional imkoniyatlari darajasini oshirishga, maʼnaviy, irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Futbol oʻynash umumiy jismoniy tayyorgarlik koʻrishda yaxshi vosita boʻlib xizmat qila oladi.

Inson salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadigan futbol sport turiga yoshlarning ham qiziqishlari tobora ortib bormoqda. Bunda ushbu sport turi boʻyicha tashkil etilayotgan musobaqalarning oʻrni beqiyos.

Joriy yilning 20-iyun sanasida Amudaryo tumanidagi Doʻstlik mahallasi hududidagi futbol maydonida futbol boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi chempionati “KUSHMAG” 2-ligasi 1-tur musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqada Amudaryo tumanining “Amudaryo” jamoasi hamda Beruniy tumanining “Beruniy” jamoalari oʻzaro bellashdilar.

Musobaqa juda qizgʻin, baxs-munozaraga boy tarzda oʻtdi. Har ikkala jamoalar aʼzolari gʻoliblikni qoʻldan boy bermaslik uchun bor imkoniyatlarini ishga soldilar. Bellashuvning birinchi qismida kuchlar teng kelib, darvozlarga gol kiritilmadi. Murosasiz kechgan musobaqaning ikkinchi qismida “Amudaryo” jamoasi tomonidan darvozaga kiritilgan yagona gol musobaqa taqdirini hal qildi. Oʻziga xos tarzda kechgan baxslarning yakuniy natijalariga koʻra “Amudaryo” jamoasi 1:0 hisobi bilan gʻoliblikni egalladi.  

Ushbu gʻalaba bilan tumanimiz futbol termajamoasi chempionatda 3 ochkoni qoʻlga kiritdi. “Amudaryo” jamoasining keyingi uchrashuvlari mehmonda joriy yilning 27-iyun kuni Toʻrkoʻl tumanining “Toʻrtkoʻl” jamoasi bilan oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Qayd etish joizki, bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan eʼtibor tobora ortib bormoqda. Aholi salomatligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar oʻyini boʻlgan va mamlakatimizda alohida oʻrin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari yurtimizda sportning, ayniqsa, futbol sport turini rivojlantirishda muhim hujjat boʻlib xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, yurtimizda futbol sport turini yanada rivojlantirish maqsadida yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol boʻyicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yaxshilash, oʻtkazilayotgan musobaqalar saviyasini yuksaltirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu oʻrinda tumanimiz futbol termajamoasiga kelgusidagi musobaqalarda zafarlar tilaymiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019