28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:13
Qishloq xoʻjaligi 👁 342

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 3-iyul kuni Amudaryo tumani Qilichboy ovulidagi "Rajabov Omonboy" fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv bilan taʼminlashda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, pahtani tomchilatib sugʻorish, gʻalladan boʻshagan ekin maydonlariga takroriy ekinlar ekish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Respublika qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari, professor, olimlar, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tumandagi toʻrtta sektor rahbarlari, fermer xoʻjaliklari raislari hamda qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari ishtirok etdilar.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev soʻzga chiqib, Amudaryo tumani qishloq xoʻjaligi sohasida katta natijalarga erishirayotganligi, sohadagi ishlar samarali tashkil qilinganligi, tuman agrar sohada mamlakatdagi eng ilgʻor tumanlardan biri ekanligini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, soʻnggi yillarda tabiiy iqlim sharoitining keskin oʻzgarayotgani sababli dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora kuchayotganini qayd etib, mavjud suv zahiralaridan oqilona foydalanish zarurligi haqida soʻz yuritdi.

Suv tanqisligi muammosi, ayniqsa, agrar soha taraqqiy etgan hududlarda yaqqol sezilmoqda. Shu jumladan, tumanimizda ham suv yetishmovchiligi bilan bogʻliq muammolar koʻzga tashlanmoqda. Hududlardagi suv taqchilligini yumshatishda qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv bilan taʼminlashda suv tejovchi texnologiyalardan oqilona foydalanish sezilarli natijalarni bermoqda.

Aytish kerakki, joriy yilda tumandagi jami 3800 gektar ekin maydonida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish belgilangan boʻlib, shundan 3730 gektar yer tomchilatib sugʻorish, 30 gektar maydon yomgʻirlatib sugʻorish, 40 gektar yer esa diskret usulida sugʻorilishi rejalashtirilgan.

Shu yilning may oyi holatiga jami 169 ta fermer xoʻjaligi va 1 ta klaster tashkiloti tomonidan 2 816 gektar ekin maydonida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilgan.

Shuningdek, paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha 145 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 2 581 gektar, 1 ta klaster tashkiloti tomonidan 34,5 gektar maydonda, mevali bogʻ va boshqa ekin maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha 19 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 130 gektar maydonda pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalar qilingan. Jumladan, "Rajabov Omonboy" fermer xoʻjaligida 37 gektar ekin maydonida tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan boʻlib, gektaridan 60 tsentnergacha hosil olish koʻzlamoqda.

Seminarda yigʻilganlarga tomchilatib sugʻorish texnologiyasining afzalliklari, texnologiyadan foydalanishning oʻziga xos jihatlari xususida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Tumanimizdagi qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari masʼullarga qator muammolar yuzasidan murojaatlar qildilar. Murojaatlardagi masalalarni ijobiy hal qilish uchun tegishli masʼullar bilan kelishib olindi, qator murojaatlar tushuntirishlar berish orqali shu yerning oʻzida hal qilindi. Qolaversa, seminarda ishtirok etayotgan professor, olimlar fermerlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026