MAʼNAVIYaTLI VA MADANIYaTLI YoŞLAR DAVLATNI TARAQQIYoTGA YeTAKLAYDI
Jamiyat hayotini rivojlantirişda ham madaniy va milliy qadriyatlarga tayaniladi. Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Şu sababli yurtimizning eng bebaho boyligi, milliy taraqqiyotimizning tayançi bölgan yoşlarimizning maʼnaviyatini boyitiş, madaniyat va sanʼatga keng jalb qiliş bugungi kundagi eng dolzarb vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Beşta muhim taşabbus doirasida yoşlarni qöllab-quvvatlaş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, madaniyat sohasining turli yönalişlariga qiziqtiriş, madaniy dam olişlarini samarali ötkaziş maqsadida tuman Madaniyat bölimi tasarrufidagi 7 ta madaniyat markazlari, 3 ta xalq jamoalari, 2 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi, madaniyat va istirohat boği, maxsus közi ojizlar kutubxonasi faoliyat körsatib kelmoqda. Madaniyat markazlarida 20 dan ortiq havaskorlik tögaraklari mavjud bölib, ularda 250 nafardan ziyod yoşlar tahsil olişmoqda.
Tumanimizdagi 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 11 ta yönaliş böyiça 500 nafardan ortiq yoşlarimiz sanʼat sirlarini örganib, Respublikada ötkazilayotgan körik-tanlov, festivallarda ijobiy natijalarga erişmoqda.
Yoş avlodni madaniyat va sanʼat sohasiga keng jalb etiş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida madaniyat markazlarida maqom, nazm va nasr, sahna tsirki, askiya, ovoz yoziş studiyasi, raqs, biçiş-tikiş, badiiy öqiş, baxşiçilik, estrada va masxarabozlik sanʼati kabi qöşimça tögaraklar taşkil qilingan.
Milliy maqom sanʼatini rivojlantiriş hamda yoşlarga milliy mumtoz navolarni örgatiş va mehr uyğotiş maqsadida, ustoz-sanʼatkorlar bilan “Uçraşuv”, “Aytişuv”, “Jonli ijro” “Ustoz-şogird” keçalari taşkil qilinib, yoş tomoşabinlar eʼtiboriga havola etilmoqda.
Maqsadimiz – yoş avlodni madaniyat va sanʼatga jalb etiş orqali maʼnaviyatini boyitişdir. Çunki maʼnaviyatli va madaniyatli yoşlar kelajagi buyuk davlatni taraqqiyotga yetaklaydi.
Ş.Yusupov,
tuman Madaniyat bölimi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶