TAKRORIY EKINLARNI EKIŞ IŞLARI YaKUNLANDI
Bugungi kunda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş dunyo mamlakatlari uçun eng dolzarb masalaga aylangan. Aholi sonining ösib borişi, qişloq xöjaligida foydalanilayotgan yer va suv resurslarining çeklanganligi, ayniqsa, ötgan yildan beri hukm surayotgan pandemiya, tabiatdagi özgarişlar vaziyatni yanada murakkablaştirmoqda. Şu bois yurtimizda mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, kuzgi boşoqli don ekinlari yiğiştirib olinganidan söng, takroriy ekin parvarişlaşga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan şu yil 8-iyun kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida berilgan topşiriqlarga köra Qoraqalpoğiston Respublikasida ham mazkur yilda ğalladan böşagan maydonlarga takroriy ekinlar eksportbop va içki bozor talablaridan kelib çiqib joylaştiriladi. Şunga muvofiq tumanda aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida 2021-yil hosili uçun ekilgan ğalla maydonlaridan böşagan maydonlarga takroriy ekinlar ekiş rejalaştirildi.
Dörman ovuli hududidagi fermer xöjaliklarida ham 217 gektar yer maydoniga ğalla ekilgan bölib, böşab qolgan yerning 170,4 gektari takroriy ekin ekiş uçun ajratib berildi. Uşbu yer maydonlari şu hudud aholisidan 568 nafariga bölib berilib, bandligi taʼminlandi. Hozirgi kunda ajratib berilgan yerlar qayta şudgor qilinib, egatlar tortildi. Tayyor bölgan yerlarga sabzavotlardan karam, lavlagi, sabzi hamda moyli, dukkakli, çorva uçun ozuqabop ekinlar ekib çiqildi. Ovul hududidagi “Pirnazarov Töraboy” hamda “Rahimberdiyev Şuhrat” fermer xöjaliklarida ham takroriy ekin ekişga ajratilgan yer maydonlariga sabzavotlar ekilib, parvarişlaş işlari boşlab yuborildi.
Taʼkidlaş joizki, tumanda ğalladan böşagan yerlarning 3300 gektariga takroriy ekin ekiş rejaga kiritildi. Şundan 258 gektarga sabzavot ekinlari ekilişi közda tutilgan bölib, 208 gektar yerga sabzi, 15 gektarga şolğom, 15 gektarga turp, 10 gektarga boş karam, 10 gektarga oş lavlagi ekildi. Undan taşqari, 35 gektarga kartoşka, 337 gektarga dukkakli ekin moş ham ekib bölindi. Şuningdek, 755 gektarga moyli ekinlar ekiş rejalaştirilgan edi. Şunga köra 240 gektarga kungaboqar, 515 gektarga kunjut uruği qadaldi.
Rejaga köra 736 gektarga yerga ozuqa ekinlari ham ekilib, makkajöxori don uçun 44 gektar, makkajöxori silos uçun 515 gektar yer ajratildi. Şuningdek, ğalladan böşagan yerlarning 1135 gektariga şoli ham ekildi.
Takroriy ekinlarni ekiş va mahsulot yetiştiriş uçun talab etiladigan uruğlik, mineral öğit, yoqilği moylaş materiallari va kredit mablağlari uçun jami 16 mln. 851 mln. sömlik pul mablağlari ajratildi. Şundan 2 mlrd.65 mln. söm texnikalar servis xizmatlari uçun, 6 mlrd.239 mln. söm 808 tonna mineral öğit uçun, 3 mlrd. 437 mln. söm 458 tonna azot uçun, 2 mlrd. 505 mln. söm 251 tonna fosfor uçun, 317 mln. söm 99 tonna kaliy uçun, 1 mlrd. 808 mln. söm 321 tonna uruğlik uçun, 3 mlrd. 74 mln. söm 427 tonna yoqilği moylaş materiallari uçun işlatildi. Iş haqi uçun esa 3 mlrd. 665 mln. pul mablağlari sarf etildi.
Tumanda takroriy ekin ekiş işlari 6-iyulga qadar amalga oşirilib yakunlandi. Uşbu çora-tadbirlar mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, aholiga kuz-qiş mavsumlarida rözğorga kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz hamda arzon narxlarda yetkazib beriş, eksportni köpaytiriş orqali dehqon va fermerlarning moddiy manfaatdorligini oşirişga xizmat qiladi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶