28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:14
Qishloq xoʻjaligi 👁 318

“GʻOʻZADA HOSIL TOʻPLASh OYI”DA AMALGA OShIRILADIGAN IShLAR HAQIDA KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

“GʻOʻZADA HOSIL TOʻPLASh OYI”DA AMALGA OShIRILADIGAN IShLAR HAQIDA KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, sohada tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish borasida dehqon va fermerlarga ilmiy asoslangan axborotlarni yetkazish, ishlab chiqarishga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yerdan moʻl hosil olish maqsadida soha mutaxassislari, olimlar va yetakchi amaliyotchilar ishtirokida joylarda koʻrgazmali seminarlar tashkil qilinib, oʻzaro tajribalar almashilmoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 12-iyul sanasida Amudaryo tumani Choykoʻl ovulidagi “Choykoʻl-Doʻstlik” fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi masalalariga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Alisher Yakubov, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Anvar Yoʻldashev, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev, tumandagi fermer xoʻjaliklari raislari, qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari ishtirok etdilar.

Seminarda ayni kunlarda dolzarb boʻlgan gʻoʻza parvarishi, bu borada agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish masalalari xususida soʻz yuritildi. Tumanimizdagi agrar soha masʼullari va fermerlar gʻoʻza ekilgan maydonlarda agrotexnik ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida keng turdagi maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Amudaryo tumanida 2021-yil hosili uchun 350 ta fermer xoʻjaliklaridagi 15 ming 30 gektar maydonga chigit ekilgan boʻlib, masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Amudaryoteks” xorijiy korxonasi paxtachilik klasteri bilan fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida paxta xomashyosini yetishtirib berish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan. Gʻoʻza maydonlarida agrotexnik  tadbirlar  oʻz vaqtida amalga  oshrilmoqda.

Xususan, gʻoʻza parvarishida iyul oyi, yaʼni “Gʻoʻzada hosil toʻplash” oyida amalga oshiriladigan muhim agrotexnik tadbirlardan biri – paxtani suvdan keyingi kultivatsiya qilish ishlari boʻlib, buning uchun tumanda  jami 365 ta kultivatorlardan foydalanilmoqda. Shu maqsadda 90 ta otryad tuzilgan va har bir otryadga tajribali mutaxassislar biriktirilgan. 

Shuningdek, gʻoʻzani  birinchi  sugʻorish ishlari kunlik 342 ga maydonda, mavsum boshidan 9107 ga maydonda,  ikkinchi sugʻorish ishlari kunlik 279 ga maydonida, mavsum boshidan 655 ga maydonda amalga  oshirilgan.

Qolaversa, gʻoʻza maydonlarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan eng muhim agrotexnik tadbirlardan  biri paxtani chilpish, yaʼni chekanka boʻlib, chekanka ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlash borasida rejaviy jadval ishlab chiqilgan.

Aytish kerakki, paxta dalalarida chekanka qilish ishlarini gʻoʻzaning rivojlanishiga qarab tabaqalab oʻtkazish reja qilingan. Gʻoʻzani SO-JE-AN  preparati bilan kimyoviy usulda chekanka qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun jami 155 tadan ortiq turli rusumdagi purkagich moslamalari 18 ta otryadlarga biriktirilgan boʻlib, ishlar uzluksiz tashkil qilingan.

Shu kungacha tuman boʻyicha gʻoʻzani chilpish ishlari jami 286 ga maydonda amalga  oshirilgan boʻlib, chekanka ishlariga 80 nafar ishchilar  jalb qilingan.

Seminar ishtirokchilari masʼullarga savollar bilan murojaat qildilar hamda tegishli javoblar oldilar. Mazkur seminar tumandagi qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlarining yangi tajribalar va bilimlarga ega boʻlishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026