QÖRIQLAŞ XIZMATI XODIMLARI ÖRTASIDA SPORT MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI
12-iyul kuni Amudaryo tumani Bolalar va ösmirlar sport maktabida tuman Qöriqlaş bölimi şaxsiy tarkib xodimlari orasida sport musobaqasi taşkil etildi.
Sport – soğlom turmuş, soğlik garovi hisoblanadi. Qaysi sohada xizmat qilişdan qatʼiy nazar sport bilan şuğullaniş inson salomatligi uçun katta ahamiyat kasb etadi. Şu sababli Prezidentimizning bu boradagi “Soğlom turmuş tarzini keng tadbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori asosida aholini sport bilan şuğullanişga keng jalb etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
12-iyul kuni tuman Bolalar va ösmirlar sport maktabida Amudaryo tumanidagi Qöriqlaş bölimi şaxsiy tarkib xodimlari orasida sport turlarini keng tarğib qiliş, xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oşiriş, ular örtasidagi döstlik tuyğularini mustahkamlaş maqsadida sport musobaqasi taşkil etildi. Uşbu musobaqada xodimlar sportning köp kuraş, yaʼni turnikda tortiniş, yotgan holda tayanib qöllarni bukib-yoziş, 100 va 400 metr masofaga yuguriş turlari böyiça özaro kuç sinaşdilar.
Musobaqa boşlanişida mamlakatimizda sport sohasiga nafaqat mamlakatni dunyoga tanitiş balki xalqimizning soğliğini mustahkamlaş, soğlom avlodni tarbiyalaşning asosiy mezoni sifatida katta eʼtibor berilayotgani xususida söz yuritildi. Şuningdek, sport bilan doimiy şuğullaniş orqali insonda şaxs belgilari, taşabbuskorlik, kuraşçanlik, çidamlilik sifatlari rivojlanib borişi, sport öyinlarini tomoşa qiliş jarayonida esa jamiyat qadriyatlari şaxs qadriyatlariga aylanib borişi taʼkidlandi. Şundan söng, sportning har bir turida muayyan qoidalar mavjud bölişi, ularga mos ravişda sportçilar harakatlanişi, sport kuraşi olib borilişi, harakatga baho berilişi, natija va ğolib aniqlanişi yana bir bor batafsil tuşuntirildi va mazkur musobaqa iştirokçilariga omad tilab, boşlaşga start berildi.
Iştirokçilar musobaqa boşlanişida barça şartlar bilan taniştirilganidan söng, bellaşuvga kirişdilar. Öz mahoratini, çaqqonligini, abjirligini, tirişqoqligini namoyiş etib, biri-biridan qolişmagan kasbdoşlar ğoliblikka ega bölişga astoydil harakat qildilar. Qizğin ötgan musobaqa jarayonlari hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi.
Musobaqaning 100 metrga yuguriş şarti böyiça çaqqonlik qilib, belgilangan muddatdan oldin marraga yetib kelgan Qöriqlaş xizmati qorovuli Davronbek Erkaboyev 1-örin ğolibi böldi. Uşbu şart böyiça safdor Dilmurod Xöjakov 2-örin, safdor Muzaffar Yaxşimurodov 3-örin ğolibligini qölga kiritdi. Şuningdek, 400 metrga yuguriş şarti böyiça kuç sinaşişlar davomida 1-örinni xizmat xodimi Islombek Murodboyev, 2-örinni Otabek Xudoyberganov, 3-örinni Oybek Rahimov egalladi.
Turnikda tortiniş şarti böyiça Ruslanbek Jumaniyozov 1-örin, Ahmad Ismoilov 2-örin, Otabek Sultonov 3-örin ğolibi deb topildi. Eng sönggi yotgan holda tayanib, qöllarni bukib-yoziş şartini bajariş davomida 1-öringa Doniyor Matyoqubov, 2-öringa Jamol Aybusinov, 3-öringa Ravşanbek Saparboyev munosib körildi.
Qöriqlaş xizmati şaxsiy tarkib xodimlarining jismoniy tayyorgarligini oşiriş, ularning kundalik turmuşiga jismoniy tarbiya va sportni keng tadbiq etiş maqsad qilingan uşbu musobaqa yakunida ğoliblar sovğalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanişdi. Soha xodimlari örtasida ötkazilayotgan bu kabi sport musobaqalari kelgusida, albatta, özining ijobiy natijasini körsatadi.
Elyor Yusupov, tuman Qöriqlaş bölimi guruh komandiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶