MAQSADIMIZ – EKIN MAYDONLARINI SUV BILAN UZLUKSIZ TAʼMINLAŞ
Qoraqalpoğiston Respublikasi suv xöjaligi vazirligiga qaraşli Amudaryo tuman Irrigatsiya bölimi tumandagi suv isteʼmolçilarini Gurlan, Qiliçboy, Qipçoq-Basu vetkalari va daryoda joylaşgan nasos stantsiyalari orqali suv bilan taʼminlaydi.
Suv bilan taʼminlaş, suvdan foydalanişni nazorat qiliş Amudaryoning çap qirğoğidagi Şixjamol, Qiliçboy, Toş yop, Manğit, Qipçoq bölimlari, Amudaryoning öng qirğoğidagi Nazarxon, Berdaq bölimlari tomonidan amalga oşiriladi.
Tumandagi 39463 gektar suğoriladigan yer maydonlarini suv bilan taʼminlaşda tuman Irrigatsiya bölimida jami 135 nafar muhandis-texnik va işçi-xodimlar faoliyat olib boradi.
Tuman Irrigatsiya bölimi hisobida 296,65 km. uzunlikdagi xöjaliklararo kanallar, 38 ta gidrotexnik inşoot, 135 ta gidropost, 153 ta suv çiqariş nuqtalari, 5 ta ekskavator, 3 ta buldozer va 6 ta zemnasoslar mavjud.
Joriy dehqonçilik yilida tumanimizdagi ekinzorlarni suv bilan muntazam taʼminlaş maqsadida xöjaliklararo kanallarda 29,91 km. uzunlikda, içki xöjalik kanallarda 167 km. uzunlikda tozalaş-taʼmirlaş işlari olib borildi. Xöjaliklararo kanallardagi 4 ta gidrotexnik inşoot, 7 ta gidropost, içki xöjalik kanallaridagi 101 ta gidrotexnik inşoot, 63 ta gidropost taʼmirlandi.
Tumanda suğoriş işlarini muvofiqlaştiriş, keçayu-kunduz monitoring yuritiş uçun Irrigatsiya bölimi binosida tuman suv xöjaligi ştabi taşkil qilingan.
2021-yil hosili uçun ekilgan 15030 gektar ğöza va boşqa qişloq xöjalik ekinlarini öz vaqtida suv bilan taʼminlaş, fermer xöjaliklariga suğoriş işlarida amaliy yordam beriş maqsadida jami 3248 nafar malakali suvçi ajratilib, ularga kerakli bölgan 3248 dona iş anjomlari, 3248 dona etik, 1624 dona fonarlar yetkazib berildi.
Bundan taşqari, 2021-yil vegetatsiya davri uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi suv xöjaligi vazirligi tomonidan tumanimizga 273,2 mln. kubometr suv limiti ajratildi. 209,9 mln. kubometr suv isteʼmolçilarga öz vaqtida yetkazib berildi. Mazkur dehqonçilik yilida tuman böyiça 760 gektar paxta, 5360 gektar şoli, 23950 gektar maydonda tomorqa, 27219 gektar maydonlarda boşqa ekinlarni suğoriş işlari sifatli olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi Qarori asosida tuman böyiça 3730 gektar maydonda tomçilatib suğoriş, 30 gektar maydonda yomğirlatib suğoriş, 40 gektar maydonda diskret suğoriş tizimini joriy qiliş rejalaştirildi. 165 ta fermer va bitta klaster taşkiloti tomonidan 2746 gektar maydonda tomçilatib suğoriş, 2 ta fermer xöjaliklari tomonidan 30 gektar maydonda yomğirlatib, 3 ta fermer xöjaligi tomonidan 40 gektar maydonda diskret suğoriş tizimini joriy qiliş böyiça quruvçi pudrat taşkilotlari bilan şartnomalar tuzildi. Şu kungaça 32 ta fermer xöjaligi va 1 ta klaster taşkilotiga 558,3 gektar maydon uçun 13,7 mlrd. söm kredit mablağlari ajratildi. 31 ta fermer xöjaligi va 1 ta klaster taşkilotida quriliş işlari boşlanib, 22 ta fermer xöjaligi va 1 ta klaster taşkilotida 415,8 gektar maydonda suğoriş agregatlarini payvandlaş işlari yakunlandi. 16 ta fermer xöjaligi va 1 ta klaster taşkilotida 308,8 gektar maydonda tomçilatib suğoriş texnologiyasi işga tuşirildi.
Maqsadimiz – tumanimiz qişloq xöjaligi sohasini rivojlantirişga, sohaga yangi texnologiyalarni keng joriy etiş orqali yuqori unumli suv tejovçi qurilmalardan samarali foydalaniş va qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni yanada köpaytirişga kömaklaşişdir.
Ergaş YÖLDOŞEV, tuman Irrigatsiya bölimi boşliği v.v.b.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶