28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:22
Salomatlik 👁 265

Amudaryo tumanida ovqatdan zaharlanishning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlari kuchaytirilmoqda

Amudaryo tumanida ovqatdan zaharlanishning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlari kuchaytirilmoqda

Yurtimizda bozorlar, savdo majmualarida turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini savdo qilinishiga guvoh boʻlamiz. Savdoga chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini barchasini ham xavfsizligi kafolatlangan deb, boʻlmaydi.

Ayrim fuqorolar sifati va xavfsizligi kafolotlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini belgilanmagan joylarda, bozorlarda aholiga sotish orqali tirikchilik qilishga harakat qiladi. Ayniqsa xonadon sharoitida turli xil konservalarni tayyorlab, savdoga olib chiqadilar. Bunday konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida aholi oʻrtasida ovqatdan zaharlanish – botulizm kasalligi uchrab turadi.

Buning sababi oddiy – uy sharoitida konserva mahsulotlari tayyorlashda  zarur texnologik jarayonlarga hamda  sanitariya meʼyorlariga toʻla rioya qilinmaydi. Natijada konservaga tushgan botulizm sporalari tez rivojlanadi va zaharli toksinlar chiqaradi. Botulizm-oʻtkir yuqumli ovqatdan zaharlanish kasalligi boʻlib oshqozon-ichak, markaziy nerv sisitemasi, yurak qon tomir sistemasini zararlaydi. Botulizm kasalligi-uy sharoitida tayyorlangan pomidor, bodring va boshqa konserva oziq ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish natijasida yuzaga keladi.

Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi mutaxassislari tegishli davlat va jamoat tuzilmalari vakillari bilan hamkorlikda bozorlarda, savdo majmualarida, belgilanmagan joylarda uy sharoitida tayorlangan konserva  mahsulotlari sotilishining oldini olish va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida, muntazam reydlar oʻtkazib kelishmoqda. Taʼlim-tarbiya muassasalarida va jamoat joylarida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish shaxobchalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga toʻliq rioya etilishini taʼminlash doimiy eʼtiborda.

Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi hodimlari tomonidan tumanimiz hududida joylashgan markaziy dehqon bozorlari, umumiy ovqatlanish, savdo shaxobchalari, maktabgacha taʼlim muassasalarida profilaktik tadbirlar oʻtkazmoqda.

Oʻtkazilgan tadbirlar davomida ishchi guruh tomonidan uy sharotida tayyorlanib, yelim idishlarda (baklashka) saqlanayotgan konserva mahsulotlari sotilishining oldini olish maqsadida bunday mahsulotlarni sotuvchilar ogohlantirilmoqda. Shuningdek, bozorlar masʼul hodimlariga kelgusida sifat sertifikati boʻlmagan va uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini sotilishini oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berilmoqda.

Botulizm sporalari bilan zararlangan konserva mahsulotlarining tashqi koʻrinishi va taʼmida deyarli oʻzgarish kuzatilmaydi. Ayrim holatlarda shisha idishning tunuka qopqogʻi shishadi. Bunday mahsulotni isteʼmol qilgan odamda zaharlanish belgilari paydo boʻlish jarayoni ikki soatdan sakkiz-oʻn kungacha choʻziladi. Holsizlik, koʻngil aynishi, qayt qilish, qorin sohasida ogʻriq paydo boʻlishi, jismlar koʻziga ikkita boʻlib koʻrinishi, yutish va gapirish qobiliyatini pasayishi, boʻyin va oyoq mushaklari zaiflashishi kasallikning klinik belgilaridir. Kasallikni xonadon sharoitida oʻz bilganicha davolash qatʼiyan man etiladi. Bunday vaziyatda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Aks holda, kasallikning ogʻir holati roʻy berishi mumkin.

Aholi oʻrtasida ovqatdan zaharlanish hamda botulizm kasalliklari bilan bogʻliq vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Sevara ISMOILOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026