28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:19
Salomatlik 👁 201

Xitoy ovulidagi 6-sonli qishloq oilaviy poliklinkasi 18 mingdan ziyod aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda

Xitoy ovulidagi 6-sonli qishloq oilaviy poliklinkasi 18 mingdan ziyod aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham tibbiyot sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxona, Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika binosi taʼmirdan chiqarilib, atrofi obodonlashtirildi. Zamonaviy koʻrinishdagi Tez tibbiy yordam boʻlimi binosi ishga tushirildi. Ayniqsa, tibbiyot muassasalarining zamonaviy, soʻnggi rusumdagi tibbiyot asbob-anjomlari hamda texnikalar bilan taʼminlangani davolash ishlari samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu kabi yangilanishlar tumanning chekka hududlarida ham amalga oshirilib, aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishiga imkoniyat yaratilmoqda.

Xitoy ovulida joylashgan 6-sonli oilaviy poliklinikada ham hudud aholisi uchun malakali tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. 2013-yilda qishloq vrachlik punkti sifatida tashkil etilib, 2020-yilda oilaviy poliklinkaga aylantirilgan ushbu tibbiyot maskanida xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida aniq tadbirlar belgilanib, ijrosi toʻliq taʼminlanmoqda. Har bir oilaga kirib borilib, salomatligidan xabardor boʻlinmoqda va sogʻlom turmush tarzi keng targʻib etilmoqda. Bunday tarzdagi xizmatlar koʻrsatilayotganidan, el salomatligiga alohida eʼtibor qaratilayotganidan aholi nihoyatda mamnun.

Ovuldagi 18 mingdan ziyod aholiga mazkur poliklinikada terapevt, pediatr, xirurg, akusher-ginekolog, shifokor-laborant va UTT kabi tor soha shifokorlari tomonidan malakali tibbiy xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Poliklinikada 7 nafar umumiy amaliyot shifokori, 7 nafar tor doiradagi mutaxassis shifokorlar, 54 nafar oʻrta tibbiyot xodimi va 20 nafardan ziyod patronaj hamshiralari ish olib bormoqda. Shuningdek, ushbu tibbiyot muassasasi zamonaviy uskunalar, jumladan, UZI apparati, laboratoriya tahlillari uchun zarur jihozlar bilan taʼminlangan. Buning samarasida tashxis qoʻyish sifati yaxshilanib, birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligi oshmoqda.

 Turli kasalliklarning oldini olish tibbiyot maskani faoliyatining asosiy yoʻnalishi hisoblanganligi sababli targʻibot va tashviqot ishlari muntazam ravishda amalga oshirilib, aholiga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, koronavirus infektsiyasi tarqalishi avj olayotgan ayni paytda kasallikdan himoyalanish choralari, chalinishning oldini olish hamda vaktsinatsiyaning afzalliklari toʻgʻrisida keng tushunchalar berilmoqda.

Oilaviy shifokor va patronaj hamshiralar tomonidan esa oʻzlariga biriktirilgan hududlardagi oilalar tibbiy-ijtimoiy holati oʻrganib chiqilmoqda. Dispanser hisobidagi bemorlarni uyida koʻrikdan oʻtkazish va zarur muolajalarni amalga oshirish orqali turli kasalliklarning oldini olish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Hududda roʻyxatga olingan fertil yoshidagi ayollar, bolalar, keksa yoshdagilar va nogironlar salomatligi doimiy nazoratda. 

Poliklinikada birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish, tashxis qoʻyish, sogʻlomlashtirish muolajalarini amalga oshirish, laboratoriya xonalari ishlab turibdi. Ayniqsa, tor doiradagi mutaxassislarning faoliyat koʻrsatayotgani aholiga koʻplab qulayliklar yaratmoqda. Jarroh, pediatr, akusher-ginekolog, stomatolog, ultratovush tekshiruvi mutaxassisi kabilar hudud fuqarolarining uzogʻini yaqin qilib, ogʻirini yengil qilmoqda.

Tibbiyot xodimlarining samarali faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar Xitoy ovuli aholisiga sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish, salomatligini yanada yaxshilash, yuqumli kasalliklar boʻyicha barqaror holatni saqlash hamda bolalar oʻrtasida kasallikka chalinish holatlarini kamaytirish imkonini bermoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026