28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 21:44
Siyosat 👁 393

QONUNChILIKKA KIRITILGAN OʻZGARTIRIShLAR SAYLOVLARNING DEMOKRATIK TARZDA OʻTIShINI TAʼMINLAYDI

QONUNChILIKKA KIRITILGAN OʻZGARTIRIShLAR SAYLOVLARNING DEMOKRATIK TARZDA OʻTIShINI TAʼMINLAYDI

Yurtimiz va xalqimiz hayotida bu yil muhim siyosiy voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga oʻzgartirish kiritildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilab qoʻyilgan.

Saylov kodeksining 10-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari tuman va shaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuzilishi belgilangan edi. Yangi oʻzgartishga muvofiq ushbu moddadagi Mahalliy Kengashlar viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari hamda tuman-shahar Kengashlariga ajratilib, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatligiga saylovlar boʻyicha saylov uchastkalari okrug saylov komissiyasi tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuzilishi belgilandi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar faqat sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.  Prezident saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi 8–18 aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.  Ilgari 6-8 nafar edi. Endilikda saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi), ish joyi kiritilmaydi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda oʻtkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
Qonun bilan, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkazilishi belgilandi.

Saylovlarning ochiq-oshkora tinch va qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda oʻtkazilishida sudlarning ham oʻrni katta. Zero, har qanday demokratik davlatlarda boʻlgani kabi saylovoldi tashviqotlari va saylovgacha boʻlgan boshqa jarayonlardan, shuningdek, saylov natijalaridan saylovchilar va saylanuvchilar hamda boshqa shaxslar  tomonidan eʼtirozlar yuzaga kelishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Bunday hollarda, saylov qonunchiligi buzilishlarining sudlar tomonidan koʻrib chiqilishi amaldagi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan. Kodeksning 86-moddasiga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, Senat aʼzolari saylovi yakunlari ustidan Oʻz.R Oliy sudiga shikoyat berish muddati oʻn kundan 15 kunga uzaytirildi.

Kodeksga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarda saylov komissiyasi aʼzolari va saylovchilarga yanada kengroq imkoniyat yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan. Saylov komissiyalarining aʼzolariga saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasida koʻrsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida kompensatsiya toʻlanishi, saylov komissiyasining doimiy ish joyiga ega boʻlmagan aʼzolariga, shu jumladan pensionerlarga mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiq ish haqi toʻlanishi belgilandi. Markaziy saylov komissiyasi aʼzolariga aeroport, aerovokzallar, temir yoʻl vokzallari hamda stantsiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zallaridan tekin foydalanish huquqi berildi. Saylovchilarning chet davlatda turgan joyida ovoz berish borasidagi munosabatlar ham tartibga solingan. Shuningdek, saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida toʻldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.

Qonunchilikka kiritilgan mazkur oʻzgartirishlar saylovlarning demokratik tarzda oʻtkazilishiga xizmat qiladi.

Qayrulla Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026