28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:12
Qishloq xoʻjaligi 👁 448

Kuzgi boshoqli don ekinlarini optimal muddatlarda va sifatli qilib ekishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi

Kuzgi boshoqli don ekinlarini optimal muddatlarda va sifatli qilib ekishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi

6-avgust kuni Amudaryo  tumani  Oʻrta qalʼa ovuli hududidagi «Yusuf xoʻja» fermer  xoʻjaligida 2022-yil xosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini optimal muddatlarda va sifatli qilib ekishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Fayzulla Saʼdullayev, bir guruh soxa mutaxassislari, olimlar, furmerlar ishtirok etdilar.

Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev boshoqli don ekinlarini yetishtirish borasida joriy yilda tumanimizda olib borilayotgan ishlar xususida soʻz yuritdi.

Taʼkidlanishicha, tumanda 2022-yil xosili uchun 346 ta fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan jami 1166 konturda 6000 gektar maydonda gʻalla ekish rejalashtirilgan boʻlib, gʻallaning belgilangan muddatlarda ekilishini taʼminlash uchun  gʻalla ekish grafiklari belgilab olingan.

Gʻalla ekish ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirish maqsadida 18 ta otryadlar tashkil qilingan. Ekish ishlariga 18 ta yuqori unumli surim texnikalari, 34 ta zanjirli surim texnikalari, 12 ta gʻalla ekish seyalkalari, 60 ta chizellar, 42 ta kultivator moslamalari, 50 ta yer tayyorlash mexanizmlari, 50 ta yer tekislagichlar, 16 ta ugʻit sepgichlar hamda 21 ta egat olgichlar qatnashishi rejalashtirilgan boʻlib mavjud  texnikalari 18 ta ekish otryadlariga biriktirilgan. 

Joriy yilda gʻalla ekish mavsumi uchun gektariga oʻrtacha 250 kg urugʻliklar sarflanib, jami 1500 tonna urugʻlik zaxirasi zarur boʻladi. Tumanda 745,9 tn  urugʻlik  gʻalla  tayyorlangan  boʻlib, qolgan  754 tonna  urugʻlik  gʻallani  boshqa  viloyatlardan  olib  kelish  rejalashtirilgan.

Seminarda ishtirok etayotgan qishloq xoʻjaligi sohasining tajribali mutaxassis olimlari tumanimizdagi fermerlar, agrar soha bilan vakillariga kuzgi boshoqli don ekinlarini optimal muddatlarda va sifatli qilib ekish borasida qimmatli tavsiyalar berdilar.

Aytish kerakki, kuzgi bugʻdoy yetishtirishda uning parvarishi boʻyicha barcha agrotexnika tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli oʻtkazilishi moʻl va sifatli don yetishtirishning asosiy omilidir.

Olimlarning qayd etishicha, gʻalla yetishtirish texnologiyasi har bir mintaqada oʻziga xos boʻlib, eʼtibor oʻsha tuproq-iqlim sharoitida yuqori va sifatli don yetishtirishga qaratilishi lozim. Kuzgi bugʻdoyda har qanday sharoitda ham fiziologik jarayon davom etib, uning rivoji uchun energiya zarur boʻladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugʻdoy parvarishida kuz-qish faslida bajarilishi lozim boʻlgan agrotexnik tadbirlarga alohida eʼtibor qaratish topshirildi. Eng birinchi suv, yaʼni urugʻ suvidan keyin tuproq namligi yetarli darajada boʻlsa, 7–8 kunda ekilgan urugʻ tekis unib chiqadi. Maqbul muddatda ekilgan maydondagi urugʻ bir xilda tekis undirib olinib, 3–4 tadan tuplaganda gʻalla oʻsimligining kuzgi rivoji, ildiz tizimining yaxshi rivojlanishi natijasida qishdan yaxshi chiqadi va ularning keyingi rivojlanishi, hosildorligi yuqori boʻladi.

Shuningdek, gʻalla unib chiqqandan keyin 20–22 kun ichida tuplash fazasi boshlanadi. Gʻalla nihollarining qishlovga tuplagan holda kirishi nihollarning sovuqqa chidamliligini oshirish bilan bir qatorda yuqori hosildorlikni taʼminlashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Gʻallaning kuzgi parvarishidan asosiy maqsad – gʻalla maydonlarida maqbul koʻchat qalinligini saqlashdir.

Gʻoʻza qator orasiga kuzgi bugʻdoy ekilgan maydonlardagi gʻoʻzapoyani yer muzlagan vaqtida bugʻdoy ildiziga zarar yetkazmasdan oʻrib, daladan olib chiqish va bugʻdoy maydonlarining payhongarchiligiga yoʻl qoʻymaslik, yana eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri oʻrtacha 1 gektar maydonga 10 tonnadan mahalliy oʻgʻit jamgʻarish lozimligi aytildi.

Seminarda gʻallakorlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildilar hamda javoblar oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026