Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashining VI plenumi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 17-avgust sanasida tuman hokimligining majlislar zalida Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashining VI plenumi boʻlib oʻtdi. Plenumda partiya faollari, boshlangʻich partiya aʼzolari, deputatlar ishtirok etdilar. Yigʻilishda joriy yilning birinchi yarmida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashi tomonidan partiya saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tuman kengashi raisi Oʻktam Yoʻldashevning hisoboti tinglandi.
Hisobotda taʼkidlanganidek, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadi – huquqiy-demokratik davlat, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda Oʻzbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari taʼminlangan maʼnaviy jipslashgan jamiyatni taraqqiy toptirishda faol ishtirok etishdir.
Shuningdek qayd etilishicha, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Amudaryo tumani kengashi oʻz faoliyatini partiyaning 2020-2024-yillarga moʻljallangan saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xarita”siga muvofiq olib bormoqda.
2021-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati davomida Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Amudaryo tumani kengashi hamda partiyaning mahalliy kengashlari tomonidan qator loyihalar asosida samarali ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, “Muammo bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasida partiyaning ishchi guruh aʼzolari tomonidan jami 49 ta mahallada 23 ta xonadon va 5 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlar oʻrganilgan. Uchrashuvlar mobaynida aholi tomonidan 17 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ular yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga 2 ta deputatlik soʻrovlari yuborilgan hamda 15 ta masala tegishli tashkilotlarni jalb etgan holda ijobiy yechimini topgan. Barcha murojaatlar huquqiy maslahatlar berish orqali hal etilgan.
Shu bilan birga “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori” loyihasi doirasida partiya lektorlari tomonidan jami 24 marotaba siyosiy oʻquvlar tashkil etilib, 147 nafar ishtirokchilar qamrab olingan.
Partiyaning “Bir oyda bir ish oʻrni” loyihasi doirasida Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Amudaryo tumani Kengashi va Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan jami 3 nafar fuqarolar, 1 nafar yosh, 2 nafari ayollar ishga joylashtirilgan.
Partiya tuman kengashi tomonidan olib borilgan shu kabi samarali ishlar natijasida partiya aʼzolari soni tobora ortib bormoqda.
Yigʻilishda partiyaning tuman kengashi konferensiyasini chaqirish toʻgʻrisidagi masala ham muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi.
Shuningdek, hisobot yuzasidan ishtirokchilarning savollarga tegishli javoblar berilib, fikr-mulohasilar, takliflar tinglandi hamda Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashining VI plenumi qarori qabul qilindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶