28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 469

QIPChOQ OVULIDA GʻOʻZA DEFOLIATsIYaSI BOʻYIChA KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

QIPChOQ OVULIDA GʻOʻZA DEFOLIATsIYaSI BOʻYIChA KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida 2021-yil hosili uchun gʻoʻza maydonlarida agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish hamda paxta yigʻim-terim ishlariga  tayyorgarlik  koʻrish boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.
23-avgust kuni Qipchoq ovulida boʻlib oʻtgan mazkur seminarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Bahrom Ismoilov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda soha masʼullari, qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari qatnashdilar.
Mazkur koʻrgazmali seminarda defoliatsiya qilish ishlari 25-avgustdan 4-sentyabrgacha deb belgilandi. Shuningdek, kunlik ish rejalari, mavsumda qoʻllaniladigan defoliantlar toʻgʻrisida mutaxassislar tomonidan zarur maʼlumotlar berildi.
Soʻzga chiqqan soha mutaxassislari joriy yilda 15030 gektar maydonga  chigit  ekilganligini, shundan  12430 gektar  maydonida defoliatsiya qilish ishlari  amalga  oshirilishini taʼkidlab oʻtishdi. Bu boʻyicha kunlik grafiklari ishlab chiqilganligini, 11 kun ichida chigit ekilgan maydonlarni «Suyuq XMD» va «Avguron-Ekstra» defolianti bilan defoliatsiya qilish  rejalashtirilganini maʼlum qilishdi.


Maʼlumki, paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etish, gʻoʻza defoliatsiyasini eng maqbul muddatlarda oʻtkazish uchun defoliantlar zahirasini yaratish, OVX agregatlari va qoʻlda purkagich  apparatlarini mavsumga oʻz  vaqtida tayyorlab qoʻyish soha mutaxassislari zimmasidagi masʼuliyatli vazifa hisoblanadi. Shu bois barcha paxtachilik fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjalik korxonalarida mavsumiy ishlar oʻz vaqtida olib borildi.
Taʼkidlash joizki, mazkur dehqonchilik yilida tumanimizdagi “Amudaryo tex” xorijiy korxonasi paxtachilik klasteri tomonidan paxta yetishtirish boʻyicha 350 ta fermer  xoʻjaliklari  bilan shartnoma tuzilgan. Chigit  ekilgan  maydon – 5030 gektarni tashkil qiladi. Hosildorlikni 27,2 tsentnerga, yalpi  hosilni 40950 tonnaga yetkazish belgilangan.

Bugungi kungacha amalga oshirgan agrotexnik tadbirlar natijasida gʻoʻza qator  oralariga ishlov berish 65504 gektar maydonda 436 foizga bajarildi. Gʻoʻzani sugʻorish kunlik 292 gektar, mavsum boshidan 32876 gektar, maydonda yaʼni 218,7 foiz amalga oshirildi.


Chilpish  ishlari  boʻyicha ham tizimli ishlar tashkil qilindi.  Barcha ekin maydonlarida gʻoʻzani SO-JE-AN preparati bilan kimyoviy usulda chekanka qilishga katta eʼtibor qaratildi. Buning uchun jami 45 ta OVX lar hamda 110 tadan ortiq shtangali purkagichlar jal etilib, 18 ta otryadlarga biriktirildi. Chekankaning sifatli olinishini hududiy «Sifat» laboratoriyasi tomonidan sifatli va fartukka olish ishlari alohida nazoratga olindi.
Gʻoʻzani chilpish ishlari mavsum boshidan 30060 gektar maydonda, 200 foizga amalga  oshirildi. Mavsum davomida barcha agrotexnik tadbirlar yuksak saviyada oʻtkazilib, dalalarda moʻl hosil yetishtirildi.
Seminar davomida tumanda 2021-yil paxta yigʻim-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni optimal muddatlarda amalga oshirish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgani, terim otryadlari tashkil qilish hamda ularga tajribali xoʻjalik faollaridan iborat rahbarlar tayinlash ishlari amalga oshirilayotgani toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Rejaga koʻra, paxta terim ishlarini amalga oshirishda 220 ta paxta tashish texnikalari, 535 ta teleshkalar, 580 ta tarozilari, 580 ta qazon, oʻchoqlar, 580 ta samovarlar, 870 ta suv saqlash baklari, 46532 ta etaklar zarur boʻlishi maʼlum qilindi.
Seminar ishtirokchilari defoliatsiya davrida ishlatiladigan vositalar, OVX agregatini boshqaruvchi haydovchilar uchun himoya kiyimlari yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar. Ishtirokchilar tomonidan  tushgan savollarga soha mutaxassislari batafsil javoblar berishdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026