Tumanimizda Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosib nişonlandi
Mamlaktimizda eng uluğ, eng aziz bayram Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi tantanali ravişda nişonlanmoqda. Hududlarda bayram tadbirlariga munosib tayyorgarlik körilib, şodiyonalar kötarinki ruhda taşkil etilmoqda.
28-avgust kuni Amudaryo tumani Xotira maydonida hamda Istirohat boğida mustaqilligimizning 30 yillik bayrami tadbiri taşkil etilib, istiqlol ayyomi keng nişonlandi. “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” şiori ostida taşkil etilgan bayram tadbirini tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçib berdi hamda istiqlol yillarida mamlakat taraqqiyoti yölida amalga oşirilayotgan islohotlar natijasida qölga kiritilgan yutuqlarimizni sanab ötdi.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev öz sözida xalqimizning metin irodasi, misliz kuç-qidrati orqali barça sohalarda qölga kiritayotgan yutuqlarimiz Yangi Özbekistonda yangi bir uyğoniş davri – Uçinçi Renessans davriga poydevor yaratilayotganligidan dalolat berişini qayd etib, “Vatanimizning istiqlol yillarida bosib ötgan şonli yöliga nazar taşlar ekanmiz, ertangi kunimizga, öz kuç va imkoniyatlarimizga bölgan işonçimiz tobora ortadi”, deya taʼkidladi.
Darhaqiqat, sönggi yillarda mamlakatimiz taraqqiyoti yölida amalga oşirilayotgan islohotlar natijasida, barça sohalarda sezilarli özgarişlar kuzatilib, yangi yutuqlar qölga kiritildi. Islohotlar samaradorligini oşiriş borasidagi tizimli işlar orqali mamlakatimizning eng çekka hududlari ham tobora rivojlanib, aholi turmuş tarzi yaxşilanmoqda.
Tumanimizda ham islohotlar natijasida salmoqli işlar amalga oşirilib, yangi rivojlaniş bosqiçiga qadam qöyilmoqda. Xususan, tumanda faol investitsiya siyosati yuritilib, yangi, zamonaviy korxonalar barpo etilmoqda, tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantiriş, barça soha va tarmoqlarda yangiça yondaşuvlarni joriy etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şuningdek, qişloq xöjaligi sohasini jadal rivojlantirişda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, sohada samarali usullarni qöllaş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.
Tumanimizda “Yangi Özbekistonda erkin va farovon yaşaylik!” şiori ostida kötarinki ruhda ötkazilgan bayram tadbirida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev butun tumanimiz ahlini eng uluğ, eng aziz ayyom – mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Bayram tadbiri respublikamizning taniqli xonandalari hamda tuman Madaniyat bölimi xonanadalarining kuy-qöşiqlari hamda ajoyib çiqişlari bilan davom ettirildi. Xotira maydoniga bayram tadbirini tomoşa qilişga kelgan yurtdoşlarimiz kuy-qöşiqlarga raqsga tuşdilar. Jajji bolajonlarimiz sevimli xonandalarining aşulalarini birgalikda kuyladilar.
Yangi Özbekiston, tinçlik, ona Vatanga muhabbat, istiqlol, sevgi va sadoqat ruknidagi kuy-qöşiqlar yurtdoşlarimiz qalbida şukronalik va ertangi kunga işonç tuyğularini yana bir bor mustahkamladi. Tantanali tadbir yakunida namoyiş etilgan muşakbozlik bayramga yanada kötarinki ruh bağişladi.
Taʼkidlaş kerakki, tumanimizda xalqimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea – Vatanimiz mustaqilligining öttiz yillik bayramini katta şod-u xurramlik bilan nişonlandi.
Şu fursatdan foydalanib, ajdodlarimiz neça asrlar davomida orzu qilgan, butun xalqimizga istiqlolning buyuk neʼmatlarini hadya etgan - Mustaqillik bayrami bilan barça yurtdoşlarimizni çin dildan samimiy muborakbod etamiz.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶