BIR OILANING 2 NAFAR FARZANDI PREZIDENT MAKTABIDA TAHSIL OLIŞMOQDA
Amudaryo tumanidagi 76-sonli umumtaʼlim maktabining öquv işlari böyiça direktor örinbosari Farhod Şukurlayevning 2 nafar farzandi Prezident maktabida taʼlim olmoqda. Birinçi farzandi Ilyasbek Şukurullayev Prezident maktabi oçilgan 2019-2020 öquv yilida qabul kommissiyasi sinovlaridan muvaffaqiyatli natijalar bilan ötib, 6-sinfga qabul qilingan edi. Bugungi kunda Ilyasbek 8-sinfda taʼlim olmoqda.
Akasining izdoşi sifatida qizi Oydinoy Şukurullayeva ham 5-sinfni tugatib, 2021-2022 öquv yili qabul kommissiyasi sinovlaridan muvoffaqiyatli natijalar bilan ötib, Prezident maktabining 6-sinfiga qabul qilindi.
Farhod Şukurullayev farzandlarining bu muvoffaqiyatlarida 26-sonli maktab pedagogika jamoasi va fan öqituvçilarining hissasi katta ekanligini eʼtirof etib, ulardan juda minnatdor ekanligini yaşirmaydi. Hazil aralaş: “Onasining mehnati köp”, deb fahrlanib qöyadi.
Albatta, farzandlarining bu yutuğida 26-sonli umumtalim maktabi boşlanğiç sinf öqituvçilari Feruza Matqurbanova, Nasiba Kamolova, geografiya fani öqituvçisi hamda sinf rahbari Davron Qöşayev, matematika fani öqituvçisi Azizbek Boltabayev, ingliz tili fani öqituvçilari Fazilat Olimova va Sabohat Qöşayeva, Muhabbat Bobojanovalarning mehnatini alohida tilga oladi.
Ayniqsa, maxsus ravişda xalqaro dasturlar doirasida qöşimça maşğulotlar taşkil qilib, Ilyasbek va Oydinoyga alohida darslar olib borgan 76-sonli maktabning yoş matematika fani öqituvçisi Şahboz Qurbanboyev va ingliz tili fani öqituvçisi Munojot Davletovalarning fidoyiliklari tufayli bir oilaning ikki farzandi Prezident maktabi öquvçisi bölişdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoşlarni qöllab-quvvatlaş doirasida olib borilayotgan davlat siyosatining oiladagi roli juda muhimligini anglab yetgan onasi Nasiba Şukurlayeva farzandlarining taʼlim-tarbiyasi bilan muntazam şuğullanib kelgani uçun bolalar juda yoşligidan özlari uçun eng töğri yöl ilm oliş ekanligini anglab yetişdi. Ota-ona sifatida farzandlariga zarur şart-şaroit yaratib berib, ğamxörlik qilgan Farhodjon bilan Nasibaxonning quvonçlari çeksiz.
Ravşan XOLMURODOV, tuman XTB taʼlim sifati monitoringi boş-inspektor metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶