28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 248

FERMER XOʻJALIKLARI VA TOMORQA YeR EGALARI KENGAShI MASʼULLARI “GULMIRZA SIYTAK” FERMER XOʻJALIGI PAXTAKORLARI BILAN UChRAShDI

FERMER XOʻJALIKLARI VA TOMORQA YeR EGALARI KENGAShI MASʼULLARI “GULMIRZA SIYTAK” FERMER XOʻJALIGI PAXTAKORLARI BILAN UChRAShDI

Tumanimizda kun sayin marraga yaqinlashayotgan fermerlar koʻp. Bugungi kunda qaysi fermer xoʻjaligi dalasida boʻlsangiz, qizgʻin mehnat pallasiga guvoh boʻlasiz. Kuz oyining har bir lahzasini gʻanimat bilib, yigʻim-terim surʼatiga surʼat qoʻshayotgan ijarachi-dehqonlar, koʻngilli hasharchilar esa paxta dalalari boshida  yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun.
Joriy yilning 22-sentyabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisining oʻrinbosari Haydar Tojimurodov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Duysenbay Oʻtarbayevlar “Gulmirza Siytak” fermer xoʻjaligi dalalarida boʻlishib, yigʻim-terim ishlarining borishi, terimchi va koʻngilli hasharchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Choykoʻl ovulidagi “Gulmirza Siytak” fermer xoʻjaligida ham yigʻim-terim mavsumi ishlari yaxshi tashkil etilgani bois,  ijarachi-terimchilar va koʻngilli hasharchilar hamjihatlik bilan mehnat qilishib, fermer xoʻjaligi xirmonining tobora yuksalishiga munosib hissalarini qoʻshmoqdalar.
Ovul hududidagi Davronbek Siytakov rahbarlik qilayotgan mazkur fermer xoʻjaligi dehqonlari joriy qishloq xoʻjaligi yilida 60 gektar maydonga baraka urugʻi qadab, “Amudaryotex” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi klaster korxonasi bilan 192 tonna paxta topshirish boʻyicha shartnoma tuzishgan. Ushbu shartnomaviy rejani sharaf bilan bajarishga ahd qilgan fermer xoʻjaligi paxtakorlari gʻoʻza parvarishi bilan bogʻliq barcha mavsumiy agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida sifatli ado etdilar va dalalarda moʻl paxta hosili yetishtirdilar. Ayni kunda xoʻjalikda hosil yigʻim-terimida kuniga 100 nafarga yaqin terimchilar va koʻngilli hasharchi-yoshlar ishtirok etishmoqda. Ularning gʻayrat-shijoatlari bilan fermer xoʻjaligi dalalaridan kuniga 11,5-12 tonna yuqori sifatli paxta xom ashyosi yigʻib-terib olinmoqda.


Fermer xoʻjaligi dalalarida mehnat qilayotgan koʻngilli hasharchilar orasida koʻp ming kilogrammchi terimchilar talaygina. Terimchilarga ish haqlari har besh kunda hisob-kitob qilib berilayotgani tufayli terim surʼati ham, sifati ham yuqori.
Qizgʻin mehnat maydoniga tashrif buyurgan masʼullar fermer xoʻjaligi ijarachilari – kuniga birgalashib, salkam yarim tonna paxta terayotgan opa-singil Oʻrozgul Siytakova hamda Muyassar Gulmirzayevalarga Oʻzbekiston Respublikasi fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan sovgʻalar topshirishdi.


Xoʻjalik dalalarida hosil moʻl. Yetishtirilgan hosilning bir misqolini ham nobud qilmay yigʻishtirib olishga harakat qilayotgan xoʻjalik paxtakorlari, avvalo paxtaning toza, chanoqlarda qoldirmay terilishiga alohida eʼtibor qaratishmoqda. Terilgan paxtani tarozida tortish, traktor tirkama-aravalariga yuklash, paxta qabul qilish punktlariga tashish ishlarida oʻrnatilgan qatʼiy nazorat tufayli yigʻim-terim mavsumi muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda. Bundan tashqari, xoʻjalik dalalarida bir tekis unib chiqqan kuzgi bugʻdoy parvarishiga ham alohida eʼtibor qaratilib, kuzgi agrotexnik tadbirlar sifatli olib borilmoqda.   

Risolat Ibragimova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026