ŞIFOKORLAR KEKSALAR HAFTALIGI DOIRASIDA QARIYaLARNI TIBBIY KÖRIKDAN ÖTKAZIŞDI
“Keksalarni eʼzozlaş, ularga hurmat-ehtirom körsatiş – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan ğoya ostida ötkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida tuman Tibbiyot birlaşmasi tomonidan salomatlik tadbirlari taşkil etilmoqda. Haftalik doirasidagi tadbirlarni yuqori saviyada taşkil etiş maqsadida tuzilgan işçi guruh tomonidan hududlarda keng aholi qatlamiga qariyalarni qadrlaş, eʼzozlaş, ularning soğligiga eʼtiborli böliş, salomatlikni saqlaş imkoniyatlari haqida maʼlumotlar berilmoqda.
4-5-oktyabr kunlari Oq oltin ovuli hududidagi 3-sonli, Dörman ovulidagi 2-sonli oilaviy poliklinikalarda Tibbiyot birlaşmasi tor mutaxassislari, yaʼni kardiolog, lor, okulist, jarroh şifokorlar va hamşiralar bilan birgalikda keksalar uçun çuqurlaştirilgan tibbiy körik taşkil etildi. Xonadonlariga borilib, keksalarning hol ahvolidan, soğliğidan xabar olindi. Har biri alohida tibbiy körikdan ötkazilib, bepul dorilar tarqatildi.
Çordara, Olmazor mahallalarida ham katta yoşlilar, qariyalar holidan xabar olindi va valeolog-şifokorlar T.Saidova, M.Ernazarov, umumiy amaliyot şifokori T.Nurmagambetovalar soğlom ovqatlaniş, jismoniy faollik haqidagi mavzularda suhbatlar ötkazişdi.
Tibbiy körikdan ötkazilgan qariyalarga salomatliklariga doim eʼtiborli, jismonan faol böliş, töğri ovqatlaniş tartibiga rioya qiliş kerakligi tuşuntirilib, muhim tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Jumaboy Yavkaşev, TTB valeolog şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶