«ŞIRIN BULOQ»LIK PAXTAKORLARNING HOSIL XIRMONI 250 TONNADAN OŞDI
Kuzning quyoşli kunlarini ğanimat bilib, paxta yiğim-terim mavsumini kun sayin avj oldirayotgan fermer xöjaliklari ijaraçilar va köngilli haşarçilar yordamida birin-ketin şartnomaviy rejalarini ado etib, majburiyat hisobiga paxta topşirişmoqda.
Tumanimizning Xizr eli mahallasi aholisi esa hududdagi fermer xöjaliklari ijaraçi-dehqonlariga paxta yiğim-terimida yaqindan yordam berişmoqda. Mahalla hududidagi “Şirin buloq” fermer xöjaligi dalalarida har kuni 200 nafarga yaqin köngilli haşarçilar yiğim-terimda ijaraçilar bilan bir safda mehnat qilişmoqda.
“Şirin buloq” fermer xöjaligi nafaqat Qiliçboy hududida, balki Amudaryo tumanidagi ilğor paxtaçilik xöjaliklaridan biri hisoblanadi. Nodirbek Allaberganov rahbarligidagi mazkur fermer xöjaligi dehqonlari joriy dehqonçilik yilida 90 gektar yerga çigit ekdilar.
Xöjalik dalalariga çigit öz vaqtida, sifatli qilib ekilgaç, gektarlarda bir tekis nihol olindi. Bahorgi, yozgi agrotexnik tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, ğöza yaganasi, begona ötlardan tozalaş, suğoriş, oziqlantiriş va çilpiş işlariga alohida eʼtibor qaratildi. Mavsum davomida qilingan fidokorona mehnat öz samarasini berdi, dalalarda möl hosil töplandi va öz vaqtida, sifatli amalga oşirilgan ğöza defoliatsiyasi tufayli dalalarda pişib-yetilgan kösaklar qiyğos oçildi.
“Amudaryotex” klaster koronasi bilan tuzilgan şartnomaga köra, 182 tonna yuqori sifatli sanoat xom aşyosini yetiştiriş belgilandi. Paxta yiğim-terimini kötarinki kayfiyatda boşlagan xöjalik paxtakorlari yiğim-terim mavsumining dastlabki kunlaridanoq şartnomaviy rejalarini şaraf bilan ado etdilar.
Ayni kunlarda majburiyat hisobiga paxta topşirişayotgan “Şirin buloq”lik paxtakorlar rejadagidan 68 tonna ziyod, yuqori sifatli paxta topşirişib, fermer xöjaligining umumiy hosil xirmonini 250 tonnaga yetkazdilar.
“Amudaryo tex” klaster korxonasi rahbari Bozorboy Safarboyev va Xizr eli mahalla fuqarolar yiğini raisi Otabek Törayevlar “Şirin buloq” fermer xöjaligi dalalarida bölişib, yiğim-terimda iştirok etayotgan ijaraçi-dehqonlar va Xizr eli mahalla fuqarolar yiğinining bir guruh köngilli haşarçilari bilan uçraşdilar.
Pensioner, lekin yoşlar bilan bab-baravar paxta terayotgan Xizr elilik onaxonlarga paxtakorlar mehnatini yengillaştirib, qöl-qanot bölayotganliklari uçun minnatdorçilik bildirişdi. Kuniga 150-180 kilodan paxta terib, fermer xöjaligi xirmoniga munosib hissalarini qöşayotgan ilğor terimçilardan Tozagul Ortiqovaga televizor, Darmonjon Abdullayevaga suv qaynatgiç, Venera Menojevaga duxovka sovğa qildilar.
Öz navbatida halol va fidoyi mehnatlari rağbatlantirilgani uçun ijaraçi va köngilli haşarçi-terimçilar “Amudaryo tex” klaster korxonasi rahbari Bozorboy Safarboyevga va Xizr eli mahalla fuqarolar yiğini raisi Otabek Törayevlarga öz minnatdorçilik izhor etişib, tumanimizning yuksak hosil xirmonini bunyod etişga özlarining munosib hissalarini qöşajaklarini bildirdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶