28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:33
Sport 👁 553

MAShHUR SPORTChILAR AMUDARYoDA SPORTChI-YoShLAR BILAN UChRAShIB, MAHORAT DARSLARINI OʻTKAZIShDI

MAShHUR SPORTChILAR AMUDARYoDA SPORTChI-YoShLAR BILAN UChRAShIB, MAHORAT DARSLARINI OʻTKAZIShDI

21-oktyabr kuni dzyu-do boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh treneri, “Tokio - 2020” olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari va boshqa nufuzli mehmonlar Amudaryo tumani Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida sportchi yoshlar bilan uchrashib, mahorat darslarini oʻtkazdilar.

Joriy yilning 21-oktyabr sanasida uch karra jahon chempioni va sovrindori, dzyu-do boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh treneri, mashhur sportchi Ilyas Iladis, jahon chempionati sovrindori, “Tokio - 2020” olimpiya oʻyinlari bronza medali sohibi Davlat Babanov, Xalqaro turnirlar gʻolibi, “Tokio - 2020” olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Bekmurat Oltiboyev, “Rio - 2016” olimpiya oʻyinlari bronza medali sohibi Diyorbek Oʻrozboyev, Oʻzbekiston terma jamoasi bosh treneri Ulugʻbek Azizov, Oʻzbekiston terma jamoasi treneri Farhod Toʻrayev, Jahon  chempionati kumush medali sohibi Sharofiddin Lutfullayev, Xalqaro turnirlar gʻolibi Muhammadkrim Xurramov, Oʻzbekiston Dzyu-do Federatsiyasi raisi oʻrinbosari Eldor Qahhorov hamda hamyurtimiz, Xalqaro turnirlar gʻolibi, “Tokio - 2020” olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Sharofaddin Boltaboyevlar Amudaryo tumaniga tashrif buyurdilar.

Mashhur sportchilar guruhini tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev  va boshqa masʼullar samimiy kutib oldilar.

Aytish kerakki, amudaryolik dzyu-do kurashi ustasi, dzyu-do boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Xalqaro turnirlar gʻolibi va “Tokio - 2020” olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Sharofaddin Boltaboyev jahonning turli hududlarida boʻlib oʻtgan musobaqalarda gʻalabalarga erishgan sportchilardan biri. Uning gʻalabalari sharafiga jahonning eng nufuzli shaharlarida boʻlib oʻtgan musobaqalarda Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarilganini nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon dzyu-do ishqibozlari juda yaxshi bilishadi.

Sharofaddin Boltaboyev sportdagi ilk qadamini tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi toʻgaraklaridan boshlagan. Uning uchun bu maskan hamisha qadrli. Ayni paytda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida faoliyat yuritayotgan Sharofaddin Boltaboyev har gal oʻzi tugʻlib oʻsgan ona shahri – Mangʻitga kelganida Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi toʻgaraklarida shugʻullanayotgan sportchi-yoshlar bilan uchrashib, mahorat darslarini tashkil etadi. Sharofaddinning bu galgi tashrifi nafaqat uning oʻzi, balki Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi murabbiylari va dzyu-do kurashi toʻgaragi aʼzolari uchun ham yorqin taassurotlarga boy boʻldi.

Sportchilarni kutib olish marosimida tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Chorsham Tojimurodov, tumanimizning faxriy sportchilari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tumanimizga tashrif buyurgan mashhur sportchilarni “Tokio - 2020” olimpiya oʻyinlaridagi gʻalabalari, muvaffaqiyatli ishtirok etganlari hamda xalqaro turnirlarda erishgan yutuqlari bilan tabrikladi.

Shundan soʻng, mehmonlar tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi sportchilari erishayotgan yutuqlar aks etgan koʻrgazma bilan yaqindan  tanishdilar va tumanimizdan yetishib chiqqan turli xalqaro turnirlar va jahon chemionatlari sovrindorlari boʻlgan faxriy sportchilar hamda  sport maktabi tarbiyalanuvchilari  bilan samimiy suhbatda boʻldilar.

Faxriy sportchilar va Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari mehmonlarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Qiziqarli savol-javoblar va samimiy suhbatdan soʻng mehmon sportchilar Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi dzyu-do sporti toʻgaraklari shugʻullanuvchilari uchun mahorat darslarini oʻtkazishdi.

Mahorat darslari jarayonida sport maktabi tarbiyalanuvchilari dzyu-do sporti sirlari bilan yanada yaqinroq tanishdilar. Shu bilan birga, jahon chempionati sovrindori, “Tokio - 2020” olimpiya oʻyinlari bronza medali sohibi Davlat Babanov, Jahon chempionati kumush medali sohibi Sharofiddin Lutfullayev, “Rio – 2016”  olimpiya oʻyinlari bronza medali sohibi Diyorbek Oʻrozboyevlarning kurash usullari haqida maʼlumotga ega boʻldilar.

Ayniqsa, uch karra jahon chempioni, olimpiya  oʻyinlari chempioni va sovrindori, Oʻzbekiston terma jamoasi bosh treneri Ilyas Iliadis, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh treneri Ulugʻbek Azizov, Oʻzbekiston terma jamoasi treneri Farhod Toʻrayev, Oʻzbekiston dzyu-do Federatsiyasi raisi oʻrinbosari Eldor Qahhorov, taniqli sportchilar Muhammadkarim Xurramov va Bekmurat Oltiboyev, shuningdek, hamyurtimiz Sharofaddin Boltaboyevlar bilan dildan, samimiy suhbat qurdilar.

Mahorat darslaridan soʻng mashhur sportchilarga tuman hokimining sovgʻalari topshirildi.

Boʻlib oʻtgan uchrashuv va mahorat darslari Bolalar-oʻsmirlar sport maktabining yosh sportchilarida katta taassurotlar qoldirdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026