BOLALAR-ÖSMIRLAR SPORT MAKTABIDA BUTUNJAHON DZYuDO KUNI TANTANA QILINDI
Dunyoda ommaviyligi böyiça futboldan söng ikkinçi örinda turadigan dzyudo – yakka kuraş sport turining vatani Yaponiyadir. Uşbu sport turi böyiça ilk maktab oçgan uşbu yakkakuraş asosçisi Dzigoro Kano şarafiga bu öyin dzyudo deb nomlangan.
Yaponiyada uşbu milliy sport turi juda ommalaşgan, hatto 1907-yildan boşlib u maktab dasturiga majburiy fan sifatida kiritilgan. 1964-yildan xalqaro olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan dzyudoga mamlakatimizda ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bu qator olimpiya va jahon çempionatlarida yurtdoşlarimiz, tumanimiz sportçilari qölga kiritayotgan yutuqlarda ham namoyon bölmoqda.
Dzyudo asosçisi Dzigoro Kano tavallud topgan kun şarafiga butun dunyoda 28-oktyabrda Butunjahon dzyudo kunini keng nişonlaş anʼanaga aylanib qolgan. Şu munosabat bilan tumanimizda ham har yili sana ulkan tantana qilinadi. Bu bejiz emas. Çunki tumanimizdan ham dzyudo böyiça taniqli sportçilar, Yevropa, Osiyo çempionati, xalqaro turnirlar ğolib va sovrindorlari, “Tokio - 2020” olimpiya öyinlari iştirokçisi yetişib çiqqan.
2020-yilda Butunjahon dzyudo kuni “Daraxt ek” şiori ostida ötkazilgan bölsa, joriy yilda uşbu sana “Birdamlik” şiori ostida ötkazildi.
Şu munosabat bilan 28-oktyabr kuni tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabida ham tantanali tadbir taşkil etildi.
Tadbirga sport maktab trenerlari, tarbiyalanuvçilari va köpgina xalqaro musobaqalar ğolibi, “Tokio - 2020” olimpiya öyinlari iştirokçisi, uşbu maktabda ilk dzyudo saboqlarini olgan Şarofaddin Boltaboyev iştirok etdi.
Butunjahon dzyudo kuniga bağişlangan tadbirni sport maktabi direktori Çorşam Tojimurodov oçdi va yiğilganlarni bayram bilan qizğin qutladi, mahoratli dzyudoçilarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan murabbiylarning maşaqqatli işlarida muvaffqiyatlar tiladi.
Mamlakatimizda bugungi kunda sportning barça turlarini rivojlantiriş hamda uning ommaviyligini taʼminlaş borasida salmoqli işlar olib borilmoqda. Xususan, dzyudo bilan şuğullanuvçi yoşlar safi ham tobora kengaymoqda. Tumanimizda faoliyat yuritayotgan Bolalar-ösmirlar sport maktabi ham umidli sportçilarni tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, uşbu sport maktabida 1360 nafar ösmir öquvçilar sportning 17 turi bilan şuğullanişayotgan bölsa, şuning 250 nafardan ziyodi aynan sportning dzyudo turini tanlaşgan. Ularga 7 nafar tajribali murabbiylar maşğulotlar olib borişayapti.
Şu boisdan ham Butunjahon dzyudo kuni har yili sport maktabda ulkan bayram qilinadi. Joriy yilgi tantanali tadbir ham yoş dzyudoçilar va murabbiylarga juda yuqori kayfiyat bağişladi.
Tadbir söngida Şarofiddin Boltaboyev sport maktabning dzyudo bilan şuğullanayotgan yoş sportçilariga mahorat darsi ötdi va özining uşbu dargohda tarbiyalangan davrlari bosib ötgan şonli sport yöli haqida gapirib berib, ularni yangi-yangi ğalabalar sari ruhlantirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶