“AMUDARYo” FUTBOL JAMOASI MAMLAKAT ÇEMPIONATIDA IKKINÇI ÖRINNI EGALLADI
Keyingi yillarda bolalar sportini rivojlantiriş va ommalaştirişga berilayotgan eʼtibor yoş sportçilar erişayotgan yutuqlarda namoyon bölayotir. Eʼtiborlisi, tumanimiz Bolalar-ösmirlar sport maktabi tarbiyalanuvçilari turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnaşib, iqtidorini, salohiyatini körsatişayapti.
Şu yilning 25-oktyabridan 30-oktyabrigaça 14 yoşgaça bölgan qiz bolalar orasida Özbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan ötkazilgan futbol böyiça Özbekiston çempionati bahslarida sport maktab yoş futbolçilari ikkinçi örinni egallab, tumanimizga yoruğ yuz bilan qaytdilar. Ular barça bosqiçlarda raqiblaridan ustun kelişib, hal qiluvçi final bahsida Toşkent viloyatidan kelgan tengdoşlariga yutqazib qöyişdi.
Şu tariqa tumanimiz yoş futbolçi qizlari mamlakat çempionatida faxrli ikkinçi örinni egallaşdi.
Buxoro viloyati mezbonlik qilgan uşbu çempionatda “Amudaryo” jamoasining ğalabasi butun amudaryoliklar uçun quvonarli xabar böldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶