Paxta yetiştiriş rejasini ortiği bilan bajargan ilğor fermerlar rağbatlantirildi
Amudaryo tumanidagi ğalla va paxta yetiştiruvçi fermerlar sohadagi yangi imkoniyatlardan foydalanib, qişloq xöjaligini yanada rivojlantirişga özlarining munosib hissalarini qöşib kelmoqdalar. Joriy yilgi paxta xirmonini barpo etişda tumanimizdagi barça fermerlar eng ilğorlar safidan joy olişga astoydil harakat qilmoqdalar hamda ularning maşaqqatli mehnatlari evaziga tumanimizda yuksak paxta xirmoni barpo etilmoqda.
3-noyabr kuni tuman hokimligida qişloq xöjaligi sohasida samarali mehnat qilayotgan, joriy yilgi paxta rejasini ortiği bilan bajargan ilğor fermerlarni rağbatlantiriş, ularni yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman hokimining Qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Fayzulla Saʼdullayev, qişloq xöjaligi soha masʼullari, fermerlar hamda hokimlik masʼul xodimlari iştirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev sözga çiqib, mamlakatimizda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan agrar sohani yanada tarqaqqiy toptirişga aʼohida eʼtibor qaratilayotgani, şu maqsadda imzolangan “Paxtaçilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror bilan soha rivojiga tösiq bölayotgan omillar tubdan özgartirilgani, mazkur qaror bobodehqonlarimizning öğirini yengil, birini ikki qiladigan tarixiy hujjat bölganligi xususida töxtaldi.
Şuningdek, tuman hokimi tumanimizning agrar sohada respublikada eng ilğorlar safidan joy olişida fermerlarimizning hissasi beqiyosligini taʼkidlab, joriy yilgi paxta rejasini ortiği bilan bajargan fermerlarni tabrikladi hamda ularga qişloq xöjaligini rivojlantirişdagi mislsiz mehnatlari uçun minnatdorçilik izhor etdi.
Tadbirda tuman hokimining Qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Fayzulla Saʼdullayev hamda fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi Ilhom Polvonovlar sözga çiqib, tumanning qişloq xöjaligi sohasida erişayotgan yutuqlari, sohaga kiritilayotgan yangi zamonaviy texnologiyalarning amaliyotga tatbiq etilayotgani, sohadagi işlar salmoği tobora ortib borayotgani xususida söz yuritdilar hamda ilğor fermerlarni erişgan yuqori natijalari bilan tabrikladilar.
Tadbir mobaynida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev agrar sohada faoliyat yuritayotgan bir guruh faol fermerlarga sohadagi köp yillik fidokorona mehnati, barça ekinlardan möl hosil yetiştirib, xalqimizning rizq-rözi va turmuş farovonligi, mamlakatimizning iqtisodiy qudrati va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş işlariga qöşgan salmoqli hissasi hamda joriy yilgi paxta rejasini ortiği bilan bajarganliklari munosabati bilan tuman hokimligining taşakkurnomasi hamda esdalik sovğalarini topşirdi. Tadbirda fermerlar bu kabi eʼtibor hamda rağbatdan ğoyat xursand ekanliklarini izhor etib, buning uçun masʼullarga minnatdorçilik bildirdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶