OILAVIY POLIKLINIKADAGI TIBBIY XIZMATDAN AHOLI MAMNUN
Tibbiyotning birlamçi böğini aholi salomatligini saqlaş, jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişda beqiyos öringa ega. Şu bois, mamlakatimizda aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişning sifati, samaradorligi va ommabopligini oşiriş, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi örni va maqomini kuçaytirişga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Amudaryo tumanida ham 2017-yilda taşkil etilgan Qipçoq qişloq vraçlik punkti negizida 1-sonli oilaviy poliklinika taşkil etildi. Hozirgi kunda Rustam Xidirboyev mudirlik qilayotgan mazkur oilaviy poliklinikada tumandagi Tölqin, Çoyköl, Qipçoq ovullari, Qipçoq şaharçasi, Beştom, Daryoböyi, Uyşin mahallalari xududida yaşovçi 30711 nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş yölga qöyilgan.
Tibbiyot maskanida 13 nafar oilaviy şifokor, 1nafar akuşer-ginekolog, 1 nafar xirurg, 1 nafar şifokor-laborant, 1 nafar ultratovuş taşxisi mutaxasisi işlaydi. Şifokorlardan taşqari, 37 nafar patronaj haşira va 21 nafar hamşiralar aholi salomatligini mustahkamlaşda öz bilim va tajribalariga tayanib xizmat körsatişmoqda.
Oilaviy poliklinikada bemorlarni qabul qiliş uçun oilaviy şifokorlar xonalari, ayollar maslahatxonasi, jarrohlik amaliyoti, laboratoriya, ultratovuş taşxisi, muolaja xonalari mavjud. Şuningdek, 8-örinli kunduzgi statsionar, emlaş, DOT va onalar maktabi uçun xonalari ajratilgan. Ijtimoiy apteka va tez yordam şoxobçasi ham taşkil etilgan.
Poliklinika mazkur yilda zamonaviy ultratovuş tekşiruv apparati bilan taʼminlandi. Uşbu apparatda malakali şifokor Umida Xoliqulova hududdagi aholining uzoğini yaqin qilib, şifokorlarga aniq taşxis qöyişda yaqindan yordam berib kelmoqda.
Laboratoriya xonasi ham zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Tekşiruvlar sifatli ötkazilişi uçun laboratoriyaga oliy toifali şifokor-laborant Erkinoy Tojiboyeva biriktirilgan. Bemorlarning taşxisini aniqlaşda laborator tahlillar muhim örin tutadi. Bu borada Erkinoy Tojiboyeva öz bilim va tajribalarini qöllab, bemorlarga aniq taşxis qöyilişini taʼminlamoqda.
Akuşer-ginekolog Davlatbika Töqliboyeva ham hududda yaşovçi 7914 nafar ayollarning reproduktiv salomatligini mustahkamlaşda hormay tolmay mehnat qilib kelmoqda. Homilador ayollarni hisobga oliş va çaqaloq tuğilgunga qadar homiladorlarni nazorat qilib, onalarning soğlom farzand dunyoga keltirişga kömak bermoqda.
Hozirgi kunda aholini koronovirus kasalligiga qarşi emlaş, infektsiya tarqalişining oldini oliş, aholini çuqurlaştirilgan, maktablar va boğçalardagi bolalarni, tuğiş yoşidagi ayollarni tibbiy körikdan ötkaziş, aniqlangan bemorlarni ambulator yoki statsionar şaroitda davolaş işlarini ham olib borişmoqda. Bu işlarda jonbozlik körsatayotgan oilaviy şifokorlardan Habiba Nurimova, Maqsuda Abdullayeva, Zulfiya Yegizboyeva, Raʼno Tairovalar, patronaj hamşiralardan Mohira Avezova, Dilnoza Soliyeva, Dilafröz Örozimbetova, Muyassar Yeştayeva, Muyassar Xudoyberganovalarning mehnatlarini, fidoyiliklarni alohida tilga olib ötsa arziydi.
Mazkur yilning ötgan davri mobaynida tibbiyot maskani xodimlari tomonidan çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziş işlari reja asosida olib borildi. Hududdagi körilişi lozim bölgan 30019 nafar aholidan 29571 nafari körikdan ötkazilib, 9241 nafar bemor aniqlandi. Aniqlangan bemorlarning 91,1 foizi soğlomlaştirildi, 7658 nafari ambulator, 762 nafari statsionar şaroitda, 2 nafari sanatoriya-kurortlarda soğlom hayotga qaytarildi.
Tibbiyot maskanida Prezidentimizning soğliqni saqlaş tizimiga oid Farmon va Qarorlarida belgilangan topşiriqlarning ijrosini öz vaqtida samarali taʼminlaş maqsadida ham tibbiyot birlaşmasi va tegişli idoralar bilan hamkorlikda bir qator işlar amalga oşirildi. Şu maqsadda 13 nafar şifokor, 34 nafar örta tibbiyot xodimlaridan iborat 13 ta tibbiyot brigadalari taşkil etildi. 30711 nafar aholining 30033 nafarida antropometrik ölçovlar amalga oşirildi. Örganişlar natijasida 19516 nafar katta yoşdagi aholi orasida 6416 nafarida ortiqça vazn, 2604 nafarida semizlik, 4918 nafar aholi meva va sabzavotlarni, 2068 nafar aholi sut mahsulotlarini kam isteʼmol qilişi, 5620 nafar şirinliklarni, 5598 nafar yoğli ovqatlarni, 4839 nafar tuzli oziq-ovqat mahsulotlarni isteʼmol qilişi maʼlum böldi.
Şuningdek, 645 nafar tamaki çekuvçilar, 354 nafar alkogol mahsulotlarini isteʼmol qiluvçilar borligi, 4284 nafar aholi jismonan nofaol hayot keçirişi aniqlandi.
Tekşiruvlar natijasida 11195 nafar bolalardan 198 nafarida ortiqça vazn, 21 nafarida semizlik, 735 nafari meva va sabzavotlarni, 470 nafari sut mahsulotlarini kam isteʼmol qilişi, 3841 nafari şirinliklarni, 589 nafari yoğli ovqatlarni, 563 nafari tuzli oziq-ovqat mahsulotlarni isteʼmol qilişi, 334 nafari jismonan nofaol hayot keçirişi maʼlum böldi.
Jami xatlovdan ötkazilgan 30033 nafar aholi orasida 4368 nafar aholida turli xil surunkali kasalliklar aniqlanib, şu asosda kasallik turi böyiça 4 ta guruhga tasniflandi.
Hudud aholisiga soğlom hayot tarzini, öz salomatligini asraş, masʼuliyat bilan qaraşni tuşuntiriş maqsadida şu yil 1-martdan tumandagi 7 ta mahallaga oilaviy şifokorlar va patranoj hamşiralardan iborat mahalla tibbiy brigadalari ham taşkil etildi. Har bir mahallada va Oilaviy poliklinkaning özida tibbiy brigadalar maʼlumotlar taxtasi şakllantirilib, taklif va eʼtirozlarni qayd qiliş uçun “taklif va eʼtirozlar daftari”, salomatlik burçaklari, tibbiyot salomatlik saboqlari kanallari yölga qöyildi.
Yurtimizda soğliqni saqlaş tizimida tizimli va izçil islohotlar olib borilmoqda. Barça tibbiyot maskanlaridagi kabi 1-sonli oilaviy poliklinkada ham aholi salomatligini asraş borasidagi vazifalarni amalga oşirişda uşbu islohotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maskanda sifatli xizmat körsatilayotganidan, uzoği yaqin bölganidan hudud aholisi nihoyatda mamnun.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶