XALQ SALOMATLIGI YÖLIDA
Mana, salkam ikki yildirki, nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo xalqlari SOVID-19 infektsiyasiga qarşi ayovsiz kuraş olib borişmoqda. Bu borada qabul qilingan Prezident Farmonlari, hukumat Qarorlari ijrosini taʼminlaş maqsadida tuman SEO va JS bölimi mutaxassislari tomonidan 2021-yil uçun tegişli çora-tadbirlar rejasi belgilab olinib, şu asosda profilaktik işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, boşqariladigan infektsiyalarga qarşi profilaktik emlaş işlarining sifatli ötkazilişini taʼminlaş bilan aholi örtasida öta xavfli va karantin kasalliklarning kelib çiqişi va tarqalişining oldini oliş böyiça fuqarolardan tahlil olinib, virusologiya laboratoriyasiga topşirildi. Kasallikka çalingan fuqarolar Nukus şahar yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilib, kasallanganlar bilan muloqotda bölgan oila aʼzolari uy şaroitida tibbiy kuzatuvga olindi va kasallik aniqlangan öçoqlar va ularning xududlarida profilaktik dezinfektsiya işlari olib borildi.
Joriy yilda 831 ta obʼekt sanitariya nazorat röyxatiga olindi va 2021-yilning 10 oyi davomida obʼektlarda laboratoriya-instrumental usulida namunalar olinib, sanitariya-profilaktik tadbirlari ötkazildi. Tadbir davomida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf qiliş maqsadida joriy yilning 1-noyabr holatiga 96 nafar şaxsga nisbatan maʼmuriy iş qözğatilib, 6 ta obʼekt sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga javob bermaganligi uçun iş faoliyati vaqtinça töxtatildi. Tibbiy körikdan ötmagan va koronavirus infektsiyasiga qarşi emlanmagan 8 nafar kişi vaqtinça işdan çetlatildi.
Respublika Muvofiqlaştiriş Kengaşi tomonidan xöjalik yurituvçi subʼektlarda ötkaziladigan tekşirişlarning reja-jadvaliga asosan 27 xöjalik yurituvçi subʼektlarda nazorat ötkazilib, aniqlangan sanitariya qonunbuzilişlari böyiça 26 nafar şaxsga nisbatan töplangan maʼmuriy materiallarni körib çiqiş uçun Jinoyat işlari böyiça tuman sudiga ötkazildi va aniqlangan qonunbuzilişlar böyiça maʼmuriy çoralar qöllanildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining sanitariya-gigiyena, epidemiologiya, parazitologiya, dezinfektsiya hamda laboratoriya bölimlari mutaxassislaridan iborat tuzilgan işçi guruhlar tomonidan koronavirus infektsiyasi, ötkir respirator kasalliklar, botulizm va boşqa turdagi yuqumli kasalliklar profilaktikasi böyiça keng aholi iştirokida uçraşuvlar, korxona-taşkilotlarda davra suhbatlari ötkazildi.
Albatta, amalga oşirilayotgan barça profilaktik tarğibot tadbirlari xalqimizning soğligini muhofaza etiş, ularni turli xavfli infektsiyalardan samarali himoya qilişga qaratilgan.
Xalq salomatligi, xotirjamligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan fidoyi hamkasblarimizni kasb bayrami bilan çin dildan tabriklayman hamda el-yurt salomatligi yölidagi şarafli işlarida muvaffaqiyat, soğlik tilayman.
G.BEKIYeV, tuman SEO va JS bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶