DEPUTATLIKKA NOMZODLAR SAYLOVÇILAR BILAN UÇRAŞDI
Şu yilning 28-noyabrida Xalq deputatlari tuman Kengaşida böşab qolgan yigirma uçinçi Bobur saylov okrugida deputat saylovi bölib ötadi.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalardan körsatilgan deputatlikka nomzodlar ovul aholisi bilan uçraşib, özlarining saylovoldi dasturlari bilan taniştirmoqdalar.
Saylov okrugi va unga qaraşli saylov uçastkalarida saylovga puxta taraddud körilmoqda. Nomzodlar haqida aholiga batafsil maʼlumotlar berilib, saylov kunida faol iştirok etişga, öz tanlagan nomzodiga uyuşqoqlik bilan ovoz berişga daʼvat etilmoqda. Saylov okrugi va unga qaraşli uçastka saylov komissiyalari aʼzolari saylov jarayonining demokratik tamoyillarga, milliy saylov qonunçiligimizga muvofiq ötkazilişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga harakat qilmoqdalar.
24-noyabr kuni hududdagi 86-sonli umumiy örta taʼlim maktabida tuman Kengaşida böşab qolgan Bobur saylov okrugidan deputatlikka “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan nomzod Rasul Tojiboyev, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Oğabek Ollaberganov, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Şukurullayev, Özbekiston “Ekologik” partiyasidan nomzod Şavkat Yangiboyev, Xalq demokratik partiyasidan nomzod Mahmud Eşmonovlarning saylovçilari bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvga maktab öqituvçilari, ovul faollari, siyosiy partiyalarning tuman Kengaşlari raislari, deputatlikka nomzodlarning işonçli vakillari iştirok etdilar.
Yiğilganlarni deputatlikka nomzodlarning işonçli vakillari ularning tarjimai holi, mehnat faoliyati bilan yaqindan taniştirdilar. Şundan söng deputatlikka nomzodlar sözga çiqib, saylovçilarini özlarining saylovoldi dasturi bilan taniştirdilar.
Saylovçilar deputatlikka nomzodlarning maʼruzalarini tingladilar va özlarini qiziqtirgan savollarini berib, batafsil javoblar oldilar.
Xalq deputatlari tuman Kengaşining böşab qolgan deputatlik örni uçun saylov bölib ötadigan Bobur nomli okrug saylovçilari 28-noyabr kuni uçta saylov uçastkalarida ovoz beradilar. 129-saylov uçastkasi 86-sonli, 130-saylov uçastkasi 6-sonli, 131-saylov uçastkasi 45-sonli umumiy örta taʼlim maktablarida joylaşgan.
Şu kungaça uşbu uçastkalarda saylov kuni fuqarolarning kelişlari, öz tanlagan nomzodlariga ovoz berişlari uçun zarur şaroitlar taxt qilindi, uçastka saylov komissiyalari aʼzolari deputatlikka nomzodlarni aholiga yaqindan taniştirib, saylov qonunçiligimizga köra özlari eng munosib deb bilgan nomzodga ovoz berişlari mumkinligini keng tuşuntirmoqda.
Deputatlikka nomzodlar bilan uçraşuv saylovçilarning ular haqida yana ham köproq tasavvurga ega bölişlariga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶