Huquqni muhofaza qiluvçi organlar masʼullari tomonidan oçiq seminar taşkil etildi
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar masʼullari tomonidan «Zöravonlikka yöl yöq» mavzusida oçiq seminar taşkil etildi. Seminarda Jinoyat işlari böyiça tuman sudi masʼullari, Nukus şahar Iqtisodiy sudi raisi B.Baymurodov, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining katta sudyasi yordamçisi D.Davletmuradova, tuman prokurori yordamçisi A.Niyazimbetov, tuman IIB boşliği örinbosari B.Urazov va tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri A.Ismailovlar hamda taʼlim tizimda mehnat qilayotgan ayol-qizlar iştirok etdilar.
Seminarda Özbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati tuşuntirildi. Sözga çiqqan masʼullar xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş sohasidagi vakolatli davlat organi va taşkilotlari vakolatlari, tazyiq va zöravonlikni oldini olişga qaratilgan yakka tartibdagi çora-tadbirlar, ularning turlari, tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçilarni maxsus markazlarga joylaştiriş va boşqa masalalar xususida batafsil töxtalib ötdilar.
Mutasaddilar tomonidan tazyiq va zöravonlikdan jabrlanuvçi öziga nisbatan tazyiq va zöravonlik sodir etilgani yoki ularni sodir etiş tahdidi töğrisida ariza bilan tegişli vakolatli organlar hamda taşkilotlarga yoxud sudga murojaat etiş huquqiga ega ekanligi, şuningdek, ular maxsus markazlarda, işonç telefoni orqali bepul huquqiy maslahat olişlari va ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boşqa yordam oliş, içki işlar organlariga himoya orderi beriş töğrisidagi talab bilan murojaat qiliş töğrisidagi huquqlari batafsil maʼlumot berildi.
Seminar davomida Qonunga asosan himoya orderini beriş tartibi, muddati, muddatning uzaytirilişi mazmunli tarzda tuşuntirib berildi. Tazyiq va zöravonliklarning keltirib çiqaruvçi omillarning asosiylari sanab ötildi va hayotiy misollar bilan asoslab berildi. Oilaviy nizo va zöravonlikning farqi, tazyiq va zöravonlikni oldini oliş borasida idoralararo hamkorlik, Qonunning global jarayonlarga mosligi slaydlar asosida körsatildi.
Tadbir söngida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar va ularning savollariga batafsil javoblar berildi.
J.Örazboyev, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶